“Йилнинг энг фаол журналисти – 2021” танловига

Qamoqda ro‘za tutish faqat Gulnora Karimovaga mumkinmi?

Intervyu 11 may 19:18 56814

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning nabirasi  – Gulnora Karimovaning qizi Imon Karimova onasi Zangiotadagi jazoni ijro etish muassasasida Ramazon ro‘zasini tutayotganini aytib, onasi uchun duo so‘ragan edi. Ushbu xabardan so‘ng, mamlakatdagi qamoqxonalarda jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarga qamoqxona raxbariyati tomonidan ro‘za tutish va namoz o‘qishlari uchun sharoitlar yaratib berilyaptimi, degan savol kun tartibiga chiqdi. Yoki bunday huquqlar faqat Gulnora Karimovaga tegishlimi?

Xo‘sh, O‘zbekiston hibsxonalarida boshqa mahkumlar ham ro‘za tutish yoki namoz o‘qish kabi amallarni bajara oladimi? Ushbu savol bilan QALAMPIR.UZ jurnalisti Feruza Najmiddinova O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanovga yuzlandi.

Inson huquqlari faoli qamoqxonadardagi bugungi holatga to‘xtalarkan, gapni Tovoqsoydagi qamoqxonada ko‘rgan-kechirganlarini aytishdan boshladi.

“Biz Tovoqsoydagi koloniyaga borganimizda, u yerning komendanti dinga muhabbati bor,  juda yaxshi odam ekan. Keyin shu kishi bilan gaplashib qoldik. Men unga “Taqsir, bu yerdagi qamoqxonalarda mahkumlarga ro‘za tutishga ruxsat berilibdi, degan “afsonaviy” gaplar yuribdi. Men bu gaplarga ishonolmay qoldim”, dedim. Shundan keyin, u menga “keling, yaxshisi o‘zingiz  mahkumlardan “kim ro‘za?”  deb so‘rang”, dedi. Men mahkumlardan kim ro‘za tutganini so‘rasam, haqiqatan ham o‘zim taniydigan bir-ikkita mahbuslar orasidan ham ro‘zadorlar chiqdi.

Buni yashiradigan joyi yo‘q. Iskandar Xudoyberganov ismli mashhur bir mahbus bor. Men o‘zim uni Jasliqqa borib, ko‘rib kelgandim. Keyin men u kishidan qanday qilib ro‘za tutayotganini so‘radim. “Qamoqxonaning tartibi bu birinchi masala, chunki biz demokratik davlatda yashayapmiz, davlatimiz qonunlariga amal qilamiz, ibodat va boshqa masalalar bo‘yicha tartib qoidalarni buzishimiz mumkin emas. Shuning uchun hamma qatori oshxonaga boramiz, u yerdagi narsalarni cho‘ntagimizga solib olamiz. Agar og‘iz ochishga vaqt oz qolgan bo‘lsa, yo‘lda yeymiz. Shundan qolganini esa ertalab joyimizdan turganimizda, karavotimizda o‘tirib yeb olamiz”, dedi.

Sizning ro‘za tutishingiz yoki namoz o‘qishingiz koloniyaning qonun-qoidalariga monelik qilishi mumkin emas. Tartib-qoida bu birinchi navbatda, ularning ibodat qilishiga qarshilik yo‘q. Bo‘sh vaqtida yoki alohida ajratilgan madaniy hordiq payitida namoz o‘qishni istasa, o‘qishi mumkin. Agar namoz vaqti bo‘lib qolibdi deyilsa, u yerdagi hamma namozga kirib ketishi  mumkin. Bu esa tartib qoidalarga to‘g‘ri kelmaydi, ularga rioya qilish kerak. Buni boshqa koloniyalarda ham ko‘rdim, shuning uchun Gulnora Karimova ro‘za tutayotgan bo‘lsa, Allox dargohida qabul qilsin. Qilgan gunohlariga kaforat bo‘lsin”, deydi Tashanov.

O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov bilan intervyuning to‘liq shaklini yuqoridagi videopleyerda va YouTube’dagi sahifamizda tomosha qilishingiz mumkin.

Feruza Najmiddinova

 

Baholang!

  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5

O'rtacha baholar 1 / 5. Baholaganlar soni: 1

OAV nomi va parolini kiriting!