Diqqat, tanlov!

Rukn: Tanlovlar, Yangiliklar

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro markazi bilan hamkorlikda milliy va xalqaro jurnalistikaning eng yuksak yutuqlarini keng ommalashtirish, OAV xodimlari fuqarolik pozitsiyasini namoyon etishlari uchun sharoit yaratish hamda jurnalistlarda tanqidiy fikrlashni va ijodiy faoliyatga yangicha yondashuvlarni shakllantirish maqsadida “Oltin qalam” V Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovni o‘tkazadi.

Yangi ijodiy marralarga undovchi tanlov

Rukn: Yangiliklar

tanlov_8_02_2010

Prezidentimiz Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida ommaviy axborot vositalarining sifati va ta’sirchanligini, jurnalistlarning mas’uliyatini oshirish barobarida, ularni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratdi.

Kuchli fuqarolik jamiyati va OAV

Rukn: Yangiliklar

Prezidentimiz Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash barobarida mustaqilligi va erkinligini amalda ta’minlash, mas’uliyatini oshirish muhim ahamiyat kasb etayotganini alohida ta’kidladi.

Yosh jurnalistlar doimo e’tiborda

Rukn: Yangiliklar

Prezidentimiz Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida mamlakatimizda ommaviy axborot vositalarining sifati va ta’sirchanligini yanada oshirish lozimligini alohida ta’kidladi. Bu soha uchun malakali yosh mutaxassis kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning bilim-ko‘nikmalarini yuksaltirish bilan chambarchas bog‘liqdir.

“Йилнинг энг фаол журналисти - 2009” танловига марҳамат!

Rukn: Tanlovlar, Yangiliklar

Ўзбекистон Журналистлари ижодий уюшмасининг

Ўзбекистонда демократик тараққиёт ва фуқаролик жамиятини барпо этиш йўлида улкан бунёдкорлик ишлари амалга оширилмоқда. Мамлакатни янгилаш, иқтисодиётни модернизация қилиш, амалга оширилаётган ислоҳотларни янада чуқурлаштириш, халқимизнинг турмуш фаровонлигини ошириш, инсон ҳуқуқлари ва эркинликларини таъминлаш борасида катта ютуқларга эришилди. Ўтган йили қишлоқ тараққиёти ва фаровонлигига йўналтирилган Давлат дастури асосида қишлоқларимизни обод этиш, аҳолининг турмуш маданиятини юксалтириш, яшаш шароитини шаҳар даражасига яқинлаштириш бўйича салмоқли ва хайрли ишлар қилинди.

“Атиргул” танловига марҳамат!

Rukn: Tanlovlar, Yangiliklar

Ўзбекистон Журналистлари ижодий уюшмаси журналист хотин-қизларнинг касбий маҳоратини ошириш, интеллектуал савиясини юксалтириш ва мамлакат ижтимоий ҳаётидаги фаоллигини ошириш мақсадида 8 март - Халқаро хотин-қизлар куниги бағишланган анъанавий “Атиргул” кўрик-танловини эълон қилади.

Bunyodkorligimizning huquqiy asosi

Rukn: Yangiliklar

bunyodkorligimizning_huquqiy_6_12_2009

“O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida 5 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 17 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda davlat va jamoat arboblari, fan, madaniyat va san’at namoyandalari, poytaxt jamoatchiligi, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan xorijiy davlatlarning elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari ishtirok etdi.

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga

Rukn: Yangiliklar

Qadrli do‘stlar!

Avvalambor, siz azizlarni, o‘zini matbuot sohasiga bag‘ishlagan zahmatkash va fidoyi insonlarni mamlakatimiz rivoji, Vatanimiz taraqqiyotini ta’minlash, jamiyatimiz oldida turgan yuksak maqsadlarga erishish, ya’ni, har tomonlama obod, erkin va farovon hayot qurish yo‘lida qilayotgan olijanob mehnatingizni munosib baholab, barchangizni bugungi kasb bayramingiz bilan millionlab muxlislaringiz, butun xalqimiz qatori chin qalbimdan tabriklashga ijozat bergaysiz.

Ватан манфаати ҳимояси - олий бурч

Rukn: Yangiliklar

Президентимиз Ислом Каримов раҳнамолигида юртимизда эркин, адолатли ва фаровон ҳаёт қуриш жараёнида миллий матбуотимизни янада ривожлантириш, унинг жаҳон андозалари даражасида фаолият кўрсатиши учун зарур барча шароит ва имкониятлар яратилди. Бундай ғамхўрлик ва эътибор соҳа ходимларидан жамият олдидаги ўз маънавий бурчини астойдил ҳис этишни, касбга янада мааъулият ва фидойилик билан ёндошувни, миллий манфаатларимизнинг том маънодаги ҳимоячисига айланишни талаб этади.

Йилнинг энг фаол журналисти эълон қилинди

Rukn: Yangiliklar

eng_faol_2_07_2009

27 июнь мамлакатимиз матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимлари куни сифатида кенг миқёсда нишонланади. Пойтахтимиздаги Ўзбек Миллий Академик драма театрида байрам тадбири бўлиб ўтди. Унда Ўзбекистон Журналистлари ижодий уюшмаси “Йилнинг энг фаол журналисти – 2008” танлови ғолиблари ва совриндорлари номи эълон қилди.