“Yilning eng faol jurnalisti – 2010” tanlovi g‘oliblari

Rukn: Tanlovlar, Yangiliklar

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi “Yilning eng faol jurnalisti – 2010” tanlovi g‘oliblarini e’lon qiladi:

“Eng ulug‘, eng aziz” jurnalistika sohasida respublika tanlovi

Rukn: Tanlovlar, Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi o‘zining davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgan buyuk tarixiy sana – 1 sentabr xalqimizning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy hayotida beqiyos o‘rin tutadigan, har yili eng ulug‘, eng aziz bayram sifatida katta shodu xurramlik bilan nishonlanadigan qutlug‘ ayyom. Bu yil xalqimiz Vatanimiz tarixidagi qutlug‘ sana – mamlakatimiz milliy mustaqilligining yigirma yilligini baland ruh va ko‘tarinki kayfiyat bilan kutib olishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi va O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Respublika “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi bilan hamkorlikda mamlakatimiz, xalqimiz hayotidagi katta tarixiy va shonli voqea – O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma yilligiga bag‘ishlab jurnalistika sohasida “Eng ulug‘, eng aziz” respublika tanlovini e’lon qiladi.

Erkinlik va mas’uliyat mushtarakligi

Rukn: Yangiliklar

oltinkalam_2_05_2011

“Turkiston” saroyida “Oltin qalam” VI Milliy mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Faol va izlanuvchan jurnalistlar tanlovi

Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida jurnalistika sohasidagi “Oltin qalam” Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov tashkiliy qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

“O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”

Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori.

O‘zbekiston Respublikasi o‘z davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgan buyuk tarixiy sana – 1 sentabr xalqimizning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy hayotida beqiyos o‘rin tutadigan, har yili eng ulug‘, eng aziz bayram sifatida katta shodu xurramlik bilan nishonlanadigan qutlug‘ ayyomdir. Bu yil Vatanimiz mamlakatimiz istiqlolining shonli sanasini – milliy mustaqilligimizning yigirma yilligini baland ruh va ko‘tarinki kayfiyat bilan kutib olishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Bunyodkorlik, mehr-muruvvat va ezgu orzular ayyomi

Rukn: Yangiliklar

Mayin oftobning zarrin nurlari qalblarga ajib bir iliqlik olib kiradi. Nasim epkini yuzni silab o‘tadi. Bular yangilanish fasli – bahordan darak.

bunyodkorlik_21_03_2011

Prezident Islom Karimovning Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi so‘zi

Rukn: Yangiliklar

Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!

Muhtaram mehmonlar!

Shu kunlarda ona yurtimiz – O‘zbekistonimiz zaminiga go‘zal bahor nafasi bilan birga barchamiz orziqib kutgan Navro‘zi olam kirib kelmoqda.

Tabiat ochilib, shahar va qishloqlarimiz yashil libosga burkanib borayotgan mana shu lahzalarda siz, qadrli vatandoshlarimni, butun xalqimizni Navro‘z bayrami bilan chin yurakdan tabriklab, barchangizga o‘zimning samimiy tilaklarimni izhor etishdan baxtiyorman.

MAHORAT, IQTIDOR VA FIDOYILIK

Rukn: Yangiliklar

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari faoliyatini erkinlashtirish, ularning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy islohotlardagi ishtirokini kеngaytirish borasida kеng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jurnalistika sohasida ¬o‘tkazilayotgan turli tanlov va ijodiy bеllashuvlarning bu boradagi ahamiyati, ayniqsa, kattadir. Jumladan, O‘zbеkiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi va qator hamkor tashkilotlar tomonidan har yili o‘tkazib kеlinayotgan “Yilning eng faol jurnalisti”, “Eng ulug‘, eng aziz”, “Atirgul” singari tanlovlar mahoratli va iqtidorli ijodkorlarni aniqlash hamda ularning mеhnatini munosib rag‘batlantirish imkonini bеrmoqda. 2006-yildan boshlab, ular qatoriga yana bir nufuzli xalqaro “Oltin qalam” tanlovi qo‘shildi.

G‘olibalar taqdirlandi

Rukn: Yangiliklar

atirgul_4_03_2011

Poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tomonidan ommaviy axborot vositalarida faoliyat ko‘rsatayotgan xotin-qizlar o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Atirgul” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, turli vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari vakillari, jurnalistlar ishtirok etdi.

Nodavlat media tarmoq – doimiy e’tiborda

Rukn: Yangiliklar

Prezidentimiz Islom Karimovning Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisidagi «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» ma’ruzasida nodavlat ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, ularning axborot sohasini demokratlashtirishdagi faol ishtirokini ta’minlash bugungi davr talabi ekani alohida ta’kidlandi.