OAV iqtisodiy erkinligining huquqiy asoslari

Rukn: Yangiliklar

Axborot erkinligini ta’minlash, ommaviy axborot vositalarini odamlar o‘z fikr va g‘oyalarini, sodir bo‘layotgan voqealarga munosabati va pozitsiyasini erkin ifoda etadigan minbarga aylantirish demokratik jarayonlarni chuqurlashtirishning muhim omilidir. Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan taqdim etilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida mazkur yo‘nalishda aniq vazifalar belgilab berilgan.

Media tuzilmalar samaradorligi oshmoqda

Rukn: Yangiliklar

Navoiy shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi hamkorligida “Axborot sohasiga bozor mexanizmlarini joriy etish– media tuzilmalar faoliyati samaradorligini oshirishning muhim omili”mavzuida mintaqaviy anjuman o‘tkazildi.

Jurnalistika sohasida “Vatan aziz, jasorat mangu” respublika tanlovi

Rukn: Tanlovlar, Yangiliklar

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Milliy teleradiokompaniya, Milliy axborot agentligi – O‘zA, Matbuot va axborot agentligi, Elektron OAV milliy assotsiatsiyasi, Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan hamkorlikda jurnalistlar o‘rtasida mamlakatimiz va xalqimiz hayotidagi shonli sana – Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining yigirma yilligiga bag‘ishlangan “Vatan aziz, jasorat mangu” respublika tanlovini e’lon qiladi.