“Eng ulug‘, eng aziz” – jurnalistika sohasidagi nufuzli tanlov

Rukn: Yangiliklar

Yurtimiz mustaqillikni qo‘lga kiritgan buyuk tarixiy sana, xalqimizning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy hayotida beqiyos o‘rin tutadigan, katta shodu xurramlik bilan nishonlanadigan eng ulug‘, eng aziz ayyom – Mustaqillik bayrami tobora yaqinlashmoqda. Shunday shukuhli damlarda Vatanimiz mustaqil taraqqiyot yo‘lining zalvorli yutuqlarini, xalqimizning bunyodkorlik salohiyatini yorqin hayotiy misollar asosida jahonaro keng tarannum etish muhim ahamiyatga ega.

“Eng ulug‘, eng aziz” jurnalistika sohasida respublika tanlovi davom etmoqda

Rukn: Tanlovlar, Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi o‘zining davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgan buyuk tarixiy sana – 1sentabr xalqimizning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy hayotida beqiyos o‘rin tutadigan, har yili eng ulug‘, eng aziz bayram sifatida katta shodu xurramlik bilan nishonlanadigan qutlug‘ ayyom. Bu yil xalqimiz Vatanimiz tarixidagi qutlug‘ sana – mamlakatimiz milliy mustaqilligining yigirma yilligini baland ruh va ko‘tarinki kayfiyat bilan kutib olishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi hamda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Respublika “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi bilan hamkorlikda mamlakatimiz, xalqimiz hayotidagi katta tarixiy va shonli voqea – O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma yilligiga bag‘ishlab jurnalistika sohasida “Eng ulug‘, eng aziz” respublika tanlovini e’lon qiladi.