“Eng ulug‘, eng aziz” jurnalistika sohasida respublika tanlovi

Rukn: Tanlovlar, Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi o‘zining davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgan buyuk tarixiy sana – 1 sentabr xalqimizning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy hayotida beqiyos o‘rin tutadigan, har yili eng ulug‘, eng aziz bayram sifatida katta shodu xurramlik bilan nishonlanadigan qutlug‘ ayyom. Bu yil xalqimiz Vatanimiz tarixidagi qutlug‘ sana – mamlakatimiz milliy mustaqilligining yigirma yilligini baland ruh va ko‘tarinki kayfiyat bilan kutib olishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi va O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Respublika “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi bilan hamkorlikda mamlakatimiz, xalqimiz hayotidagi katta tarixiy va shonli voqea – O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma yilligiga bag‘ishlab jurnalistika sohasida “Eng ulug‘, eng aziz” respublika tanlovini e’lon qiladi.

Erkinlik va mas’uliyat mushtarakligi

Rukn: Yangiliklar

oltinkalam_2_05_2011

“Turkiston” saroyida “Oltin qalam” VI Milliy mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.