Faol va izlanuvchan jurnalistlar tanlovi

Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida jurnalistika sohasidagi “Oltin qalam” Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov tashkiliy qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

“O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”

Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori.

O‘zbekiston Respublikasi o‘z davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgan buyuk tarixiy sana – 1 sentabr xalqimizning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy hayotida beqiyos o‘rin tutadigan, har yili eng ulug‘, eng aziz bayram sifatida katta shodu xurramlik bilan nishonlanadigan qutlug‘ ayyomdir. Bu yil Vatanimiz mamlakatimiz istiqlolining shonli sanasini – milliy mustaqilligimizning yigirma yilligini baland ruh va ko‘tarinki kayfiyat bilan kutib olishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.