Bunyodkorlik, mehr-muruvvat va ezgu orzular ayyomi

Rukn: Yangiliklar

Mayin oftobning zarrin nurlari qalblarga ajib bir iliqlik olib kiradi. Nasim epkini yuzni silab o‘tadi. Bular yangilanish fasli – bahordan darak.

bunyodkorlik_21_03_2011

Prezident Islom Karimovning Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi so‘zi

Rukn: Yangiliklar

Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!

Muhtaram mehmonlar!

Shu kunlarda ona yurtimiz – O‘zbekistonimiz zaminiga go‘zal bahor nafasi bilan birga barchamiz orziqib kutgan Navro‘zi olam kirib kelmoqda.

Tabiat ochilib, shahar va qishloqlarimiz yashil libosga burkanib borayotgan mana shu lahzalarda siz, qadrli vatandoshlarimni, butun xalqimizni Navro‘z bayrami bilan chin yurakdan tabriklab, barchangizga o‘zimning samimiy tilaklarimni izhor etishdan baxtiyorman.

MAHORAT, IQTIDOR VA FIDOYILIK

Rukn: Yangiliklar

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari faoliyatini erkinlashtirish, ularning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy islohotlardagi ishtirokini kеngaytirish borasida kеng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jurnalistika sohasida ¬o‘tkazilayotgan turli tanlov va ijodiy bеllashuvlarning bu boradagi ahamiyati, ayniqsa, kattadir. Jumladan, O‘zbеkiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi va qator hamkor tashkilotlar tomonidan har yili o‘tkazib kеlinayotgan “Yilning eng faol jurnalisti”, “Eng ulug‘, eng aziz”, “Atirgul” singari tanlovlar mahoratli va iqtidorli ijodkorlarni aniqlash hamda ularning mеhnatini munosib rag‘batlantirish imkonini bеrmoqda. 2006-yildan boshlab, ular qatoriga yana bir nufuzli xalqaro “Oltin qalam” tanlovi qo‘shildi.

G‘olibalar taqdirlandi

Rukn: Yangiliklar

atirgul_4_03_2011

Poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tomonidan ommaviy axborot vositalarida faoliyat ko‘rsatayotgan xotin-qizlar o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Atirgul” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, turli vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari vakillari, jurnalistlar ishtirok etdi.