Izlanishga undovchi tanlov

Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida jurnalistika sohasidagi “Oltin qalam” VI milliy mukofoti xalqaro tanloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mitaning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Jurnalistika sohasida “Oltin qalam” VI Milliy mukofoti

Rukn: Tanlovlar, Yangiliklar

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro markazi bilan hamkorlikda milliy va xalqaro jurnalistikaning eng yuksak yutuqlarini keng ommalashtirish, OAV xodimlari fuqarolik pozitsiyalarini namoyon etishlari uchun sharoit yaratish hamda jurnalistlarda tanqidiy fikrlashni va ijodiy faoliyatga yangicha yondashuvlarni shakllantirish maqsadida “Oltin qalam” VI Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovni o‘tkazadi.

“Atirgul” tanloviga marhamat!

Rukn: Tanlovlar, Yangiliklar

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi jurnalist xotin-qizlarning kasb mahorati va intellektual saviyasini yuksaltirish hamda mamlakatning ijtimoiy hayotidagi faolligini oshirish maqsadida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan an’anaviy “Atirgul” ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi.

“Yilning eng faol jurnalisti – 2010” tanloviga marhamat!

Rukn: Yangiliklar

Hurmatli hamkasblar!

Hayotimiz kitobidan yana bir sahifa ortda qoldi. 2010 yil el-yurtimiz, Vatanimiz uchun har jihatdan mazmunli, barakali va omadli bo‘ldi. Yurtimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish yo‘lida ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Mamlakatni yangilash, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, xalqimizning turmush farovonligini yanada yaxshilash, inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash borasida katta yutuqlarga erishildi. “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi doirasida yoshlarni jismonan va ma’nan sog‘lom, davr talabiga mos intellektual bilim va kasbga ega bo‘lgan zamonaviy insonlar bo‘lib voyaga yetishlarini ta’minlashga qaratilgan salmoqli va xayrli ishlar qilindi.

Yosh jurnalistlar o‘quvi

Rukn: Yangiliklar

Poytaxtimizda hududiy yoshlar studiyalarining texnik va ijodiy xodimlari uchun navbatdagi o‘quv-seminari boshlandi.

Ommaviy axborot vositalari faoliyatiga bag‘ishlandi

Rukn: Yangiliklar

Qarshi shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tomonidan “So‘z erkinligi va ommaviy axborot vositalari: jurnalistning o‘rni va mas’uliyati” mavzuida mintaqaviy konferensiya o‘tkazildi.