Nodavlat elektron media-tarmoqqa e’tibor

Rukn: Yangiliklar

Prezidentimiz Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzuidagi ma’ruzasida ommaviy axborot vositalari va davlat hokimiyati organlari o‘rtasidagi munosabatlarning ustuvor jihatlarini to‘g‘ri belgilash, teleradio tizimini yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.