Diqqat, tanlov!

Rukn: Tanlovlar, Yangiliklar

“Eng ulug‘, eng aziz”

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi va O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi yozuvchi va shoirlarni, jurnalistlar, tasviriy va kino san’ati namoyandalarini “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, Yozuvchilar uyushmasi, Milliy teleradiokompaniya, “O‘zbekkino” Milliy agentligi, Badiiy akademiya, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi va Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi bilan hamkorlikda biz uchun eng buyuk, eng aziz qadriyat, erkin, ozod va farovon hayotimiz, g‘urur-iftixorimiz timsoli, ezgu orzu-intilishlarimiz, yutuq va marralarimizning hayotbaxsh manbai – mamlakatimiz mustaqilligining o‘n to‘qqiz yilligiga bag‘ishlab o‘tkazadigan “Eng ulug‘, eng aziz” an’anaviy tanloviga taklif etadi.

“Ozod yurt to’lqinlari” media-festivali

Rukn: Yangiliklar

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ommaviy axborot vositalarini ravnaq toptirish, soha uchun yuksak ijodiy-intellektual salohiyatli kadrlar tayyorlash yuzasidan olib borilayotgan bosqichma-bosqich, tizimli ishlarda nodavlat nashrlar va teleradiokanallar faoliyatini kengaytirish, ular uchun zarur barcha sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.