Tarixi2018-12-13T05:00:04+00:00

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi 1957 yil avgust oyida faoliyat boshlagan.

Uyushmaga 1957-1962 yillari Ibrohim Rahim, 1962-1987 yillari Ziyot Yesenbayev, 1987-1988 yillari Sobir Qurbonov, 1988-1991 yillari Ahmadjon Muxtorov, 1991-1996 yillari Lutfulla Kabirov raislik qilgan.

1996 yil Uyushma negizida O‘zbekiston Ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qo‘llab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamg‘armasi tashkil etilgan. Unga 1997-2004 yillari Xurshid Do‘stmuhammad (Ahmadjon Meliboyev va Ahmad A’zam jamoatchilik asosida) hamraislik qilgan.

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi 2004 yil 26 mart kuni Toshkentda o‘tkazilgan ta’sis konferensiyasida qayta tuzilgan. Uyushmaga 2004-2014 yillari Sherzod G‘ulomov, so‘ngra Ibrohim Halimbekov raislik qilgan. 2016 yilning mart oyidan dekabrgacha O‘ktam Mirzayor uyushma raisi vazifasini bajarib kelgan. 2016 yildan beri Uyushmaga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Sa’dulla Hakimov raislik qilmoqda.