Rahbariyat2018-12-15T13:06:30+00:00

HAKIMOV SA’DULLA HAKIMOVICH

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi.

1951 yil 25 martda Jizzah viloyatining Forish tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek, partiyasiz. Ma’lumoti – oliy.

1977 yili O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. 2002 yilda “ O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Mehnat faoliyatini G‘allaorol tumanida o‘qituvchilikdan boshlagan. O‘zbekistonda sotsial ta’minot” jurnali mas’ul kotibi, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi bo‘lim mudiri, “O‘zbekiston ovozi” gazetasi bo‘lim mudiri, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi mas’ul kotibi, “Ma’rifat” gazetasi bosh muharriri, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Axborot markazi rahbarining o‘rinbosari, rahbari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha Davlat maslahatchisi o‘rinbosari, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktorining o‘rinbosari, “Turkiston-press” nodavlat axborot agentligi bosh direktori, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi bosh muharriri lavozimlarida ishlagan.
2016 yilning 29 dekabridan O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi.

Qabul kunlari: 
Dushanbadan – jumagacha
14:00 – 16:00

SALIMOV XOLMUROD XO‘JAYEVICH

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi o‘rinbosari

1974 yil 20 iyunda Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek, partiyasiz. Ma’lumoti – oliy.

1998 yilda Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetining o‘zbek filologiya fakulteti qoshida ochilgan jurnalistika bo‘limini tamomlagan. Rus tilini biladi.

Mehnat faoliyatini 1998 yilda Samarqand shahridagi 53-maktabda (o‘zbek tili va adabiyoti fani bo‘yicha) o‘qituvchilikdan boshlagan.

1999-2000 yillari Navoiy viloyati teleradiokompaniyasida muxbir bo‘lib ishlagan. 2000-2003 yillari shartnoma asosida harbiy xizmatni o‘tagan.

2003-2015 yillari O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zAda muxbir, sharhlovchi, maxsus muxbir, yetakchi muharrir, bo‘lim mudiri, bosh muharrir o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat olib borgan.

2015-2016 yillari O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanali huzuridagi “Diyor” telekanalining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar katta muharrirlari bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

2016-2018 yillari «Toshkent haqiqati» gazetasining ijtimoiy-iqtisodiy hayot bo‘limi mudiri, «Toshkent haqiqati» va “Tashkentskaya pravda” gazetalari bosh muharrir 1- o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2018 yil 14 maydan buyon O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.

Qabul kunlari: 
Dushanbadan-jumagacha
16:00 – 18:00