Hududiy bo‘limlar2018-12-14T04:14:26+00:00

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining hududiy bo‘limlari ishlab turibdi. Har bir bo‘limda uch shtat-birligi asosida rais, mutaxassis va hisobchi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Shu o‘rinda ta’kidlash joiz, shu paytgacha – 2018 yilning 1 yanvarigacha hududiy bo‘limlar rais va xodimlari jamoatchilik asosida ishlagan. Davlatimiz rahbarining 2017 yil 10 avgustdagi “O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar doirasida Uyushma viloyat bo‘limlari uchun shatat-birligi ajratildi. Hududiy bo‘limlar xodimlari mehnatiga haq to‘lash xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan, boshqacha aytganda, O‘zbekiston ijodkorlarini qo‘llab-quvvatlash “Ilhom” jamoat fondiga ajratiladigan byudjet mablag‘lari (subsidiya) hisobidan qoplanadigan bo‘ldi.
Viloyatlarda hokimliklarga tegishli binolardan Uyushma viloyat bo‘limlari uchun xonalar ajratilgan. “Ilhom” jamoat fondi viloyat bo‘limlariga mebellar xarid qilish uchun mablag‘ yo‘naltirgan, har bir bo‘lim xonalari zamonaviy mebillar, kompyuter texnikalari bilan jihozlangan.