Teleradiokanallar2019-01-14T10:55:08+00:00
Markaziy Osiyo davlatlarida faoliyat olib borayotgan teleradiokanallarga oid qisqacha ma’lumot
Qozog‘istonda 169 ta teleradikompaniya (108 telekompaniya va 61 ta radiokompaniya) faoliyat yuritadi. Teleko‘rsatuvlar qozoq tilidan tashqari, rus, o‘zbek, turk, ukrain va ingliz tillarida olib boriladi.
***
Tojikistonda 30 dan ortiq teleradiokanal mavjud. “Tojikiston”, “Jahonnamo”, “Bahoriston”, “Safina”, “Varzash” (Sport), “Sinamo” kabi telekanallar, “Tojikiston”, “Sadoyi Dushanbe”, “Xovar”, “Ovozi tojik”, “Farhang”, “Vatan” kabi radiokanallar shular jumlasidandir. “NSS 12 (57.0 Ye) yo‘ldoshi (sputnigi) orqali bitta mustaqil va oltita davlat telekanali dasturlari dunyo bo‘ylab tarqatiladi.
***
Qirg‘izistonda 35 ta radiostansiya, 10 ta efir va kabel telekanallari faoliyat ko‘rsatadi. “Erkin-Too” nomli televideniye va radio mamlakat hukumati muassisligida tashkil etilgan. Qirg‘izistonning har bir viloyatida mahalliy teleradiokanal mavjud.
***
Turkmanistonda 7 ta milliy tele- va kabel kanallari mavjud. Ular – “Altin asir”, “Miras”, “Yashlik”, “Turkmenistan”, “Turkmen ovazi”, “Ashxabad”, “Sport” kanallaridir. Shuningdek, to‘rtta davlat radiostansiyasi ishlab turibdi.