Davlat granti tanlovlariga ommaviy axborot vositalarining loyihasi qanday tayyorlanishi kerak?

2019-08-12T11:50:23+00:0017 June, 2019|Jizzax vil.|

Bu savolga O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Jizzax viloyat hududiy bo‘limi O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyati bo‘limi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan e’lon qilinayotgan tanlovlarda viloyat ommaviy axborot vostilarining  ishtiroki” mavzusida  o‘tkazilgan seminar-treningda javob izlandi.

Matbuot, internet nashrlari va teleradio sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan jurnalistlar ishtirok etgan anjumanda davlat granti loyihasini tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.  Davlat grantlari bilan ishlash tajribasiga ega “Bayoz” ijodiy jamoatchilik klubi hamda “sangzor.uz” axborot sayti rahbari H. Fozilov, “Bilag‘on”, “Jizzax shifokori” gazetalari bosh muharriri F. Ne’matovning loyihalarni hayotga tadbiq etish xususidagi ma’ruzalari tinglandi.

Shuningdek, seminarda tarmoq va tuman hokimliklari muassisligida chop etilayotgan nashrlarning mazkur tanlovlarda ishtiroki pastligi hamda bu boradagi tashabbuskorlikni oshirish lozimligi ta’kidlandi.

Said Donishev