O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi taniqli adib, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Abdusaid Ko‘chimovni tug‘ilgan kuni (15 may) bilan samimiy muborakbod etadi.

2019-08-12T11:52:31+00:0015 May, 2019|Qutlovlar|

Abdusaid Ko‘chimov 1951 yil 15 may kuni Samarqand viloyatining Urgut tumanida tug‘ilgan.

Ma’lumoti – oliy. 1972 yil Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika (hozirgi universitet) institutining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetini tamomlagan.

A.Ko‘chimov mehnat faoliyatini «O‘qituvchi» nashriyotidan boshlagan. Ish faoliyati davomida bolalar gazetasida adabiy xodim, bo‘lim mudiri, mas’ul kotib, bosh muharrir lavozimlarida mehnat qilgan. “Sharq yulduzi” jurnalida mas’ul kotib, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bo‘lim mudiri, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Axborot markazi rahbari, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi, “Toshkent” teleradiokanali bosh direktori, “Xabar” gazetasi bosh muharriri lavozimlarida xizmat qilgan.

2017 yil 10 avgustdan O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Bosh direktori lavozimida ishlab kelmoqda.

Yozuvchi sifatida yigirmaga yaqin she’riy va nasriy kitoblari chop etilgan.

U davlatimiz tomonidan «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist» unvoni, «Mehnat shuhrati» ordeni, «Shuhrat» medali, shuningdek, «Nuroniy» jamg‘armasining «Mehnat faxriysi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.