O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi uyushma raisi o‘rinbosari, atoqli jurnalist Mavjuda Yuldoshevani 10 may — tug‘ilgan kuni bilan samimiy muborakbod etadi.

2019-08-12T11:52:34+00:0010 May, 2019|Qutlovlar|

Mavjuda Yuldosheva 1955 yil 10 mayda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

Ma’lumoti oliy, 1977 yilda O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan.

U mehnat faoliyatini O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Chet ellarga eshittirishlar boshqarmasining “Vatandosh” bosh muharririyatida  kichik muharrirlikdan boshlagan.

Shu yillar davomida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasida muharrir, sharhlovchi, guruh boshqaruvchisi,  bosh muharrir o‘rinbosari, bosh muharrir,  “Yoshlar” teleradiokanali”  YoAJ siyosiy sharhlovchisi,  O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi  matbuot kotibi, uyushma bosh mutaxassisi vazifalarida ishlagan.

2018 yil 1 oktyabrdan boshlab uyushma raisi  o‘rinbosari  lavozimida ishlab kelmoqda.