O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, mahoratli ustoz-murabbiy, atoqli jurnalist Sherzod G‘ulomovni tug‘ilgan kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etadi.

2019-08-12T11:53:04+00:003 May, 2019|Qutlovlar|

Sherzod Hamidovich G‘ulomov, 1944 yil 3 mayda Toshkent shahrida ziyolilar oilasida tavallud topgan. 40 yildan ortiq vaqt mobaynida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasida kichik muharrirlikdan teleradiokompaniya raisi o‘rinbosari, Xorijiy mamlakatlarga radioeshittirishlar boshqarmasi boshlig‘i, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi (2004-2014 yy.) lavozimigacha bo‘lgan ijodiy faoliyat yo‘lini bosib o‘tgan. Bugungi kunda O‘zbekiston Elektron OAV Milliy assotsiatsiyasi Ekspertlar Kengashining raisi lavozimida samarali faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

U o‘nga yaqin kitoblarni nashrga tayyorlagan.

Sh.G‘ulomov  O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi unvoni hamda “Do‘stlik” ordeni  bilan mukofotlangan.