Zamonaviy medianing taraqqiyot tendensiyalari

2019-08-12T11:53:10+00:0029 April, 2019|Umumiy yangiliklar|

O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakulteti tashabbusi bilan “Zamonaviy elektron ommaviy axborot vositalarining taraqqiyot tendensiyalari” mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondidan vakillar, O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatssiya universiteti, Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, talabalar ishtirok etdi.

Konferensiyada O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Saydi Umirov, faxriy telejurnalist Marat Asadullayev, “Amerika ovozi” teleradiosi jurnalisti Navbahor Imomova, akademik Tursunali Qo‘ziyev, filologiya fanlari doktori Yoqutxon Mamatovalarning mavzuga oid ma’ruzalari tinglandi.

Anjuman yakunida zamonaviy elektron ommaviy axborot vositalarining muhim muammolari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.