Mukofot muborak, aziz ustozlar!

2019-08-12T11:53:10+00:0029 April, 2019|Umumiy yangiliklar|

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 14 iyulda imzolangan «Mehnat faxriysi» ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qaroriga binoan  O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash  «Nuroniy» jamg‘armasi Vasiylik Kengashi bir guruh nuroniylarni «Mehnat faxriysi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlash haqida qaror qabul qildi. Mukofotlanganlar orasida mamlakatimiz jurnalistikasi rivojiga katta  hissa qo‘shgan  faxriylar ham bor. Qarorga ko‘ra:

Saydi Umirov, Sa’dulla Hakimov, Alinazar Egamnazarov, Muqaddas Abdusamatova, To‘lqin Qozoqboev — I darajali «Mehnat faxriysi»,

Irismat Abduxalikov, Qaldibek Seydanov, Sagdulla Siyayev—II darajali  «Mehnat faxriysi»,

Anvar Tadjiyev — III darajali «Mehnat faxriysi» ko‘krak nishoni bilan mukofotlandilar.

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi mukofotlangan faxriylarimizni muborakbod etadi, ularga sog‘lik-salomatlik, oilaviy xotirjamlik tilaydi.