2017 yil Oltin qalam tanlovi g‘oliblari

2019-08-12T12:07:09+00:0019 December, 2018|Oltin qalam|

Jurnalistika sohasida “Oltin qalam” XII Milliy mukofoti
xalqaro tanlovi g‘oliblari va sovrindorlari 2017 yil

1. Jurnalistika sohasida Bosh Milliy mukofot

«Tafakkur» jurnali
tahririyati – Bosh muharrir – Erkin A’zamov Istiqlol yillarida mamlakatimiz ijtimoiy-ma’naviy hayotida yuz bergan ulkan yangilanishlarni jamoatchilikka keng targ‘ib etgan turkum materiallari uchun.

Asosiy nominatsiyalar
Eng yaxshi jurnalistik material uchun (televideniye):

1-o‘rin:
Nilufar Jumayeva –

“Madaniyat va ma’rifat” telekanali muharriri Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilining maqsad-mohiyati va ijrosining amaliy jihatlarini ochib berishga qaratilgan “Ochiq studiya” nomli turkum ko‘rsatuvlari uchun.
2-o‘rin:
Zilolaxon Rasulova – «Ruxsor TV» telekanali muxarriri. O‘zbekistonni rivojlantirishning 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi maqsad-mohiyatini ochib berish hamda davlat hokimiyati organlari va xalq o‘rtasida ochiq muloqotning samaradorligiga bag‘ishlangan “Muloqot va manfaat” nomli turkum ko‘rsatuvlari uchun
3-o‘rin:
Sevara O‘rinboyeva – – EOAVMA loyiha rahbari Ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni tanqidiy va tahliliy yoritishga qaratilgan “Xalq bilan muloqot: mening ovozim” turkum tok-shoulari uchun

Eng yaxshi jurnalistik material uchun (radio):
1-o‘rin:
Kumush Pardayeva – «Yoshlar» radiosi muharrir-boshlovchisi Yoshlarga qaratilgan davlat siyosati mohiyati keng yoritilgan, o‘sib kelayotgan yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilgan dasturlari uchun.
2-o‘rin:
Hojimurod Ataqulov
– «Oriyat-dono» teleradiokanali bosh muharriri Yoshlarning jamiyatdagi faolligini oshirish, iqtidorli yigit-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Zamonamiz yoshlari” turkumidagi materiallari uchun
3-o‘rin:
Ulbogan Yerimbetova

329-04-28,

– «Nukus FM» radiosi muharriri Qoraqalpog‘iston Respublikasida amalga oshirilayotgan yangilanishlar jarayonini keng va tahliliy yoritganligi uchun.

Eng yaxshi jurnalistik material uchun (matbuot):
1-o‘rin:
«Qishloq hayoti» gazetasi tahririyati

«O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasi tahririyati –

– Bosh muharrir Chori Latipov

Bosh muharrir Sirojiddin Saidov
Respublika agrar
sohasida yuz berayotgan muhim ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarni keng yoritgani uchun.

Mamlakat madaniy, adabiy hayotidagi yangilanishlarga qo‘shgan hissasi uchun.

2-o‘rin:
«Ekonomicheskoye obozreniye» jurnali – Shef muharrir Yelena Ikayeva Mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni keng va chuqur yoritgani uchun.
3-o‘rin:
Dilfuza Qo‘ziyeva
– «Fermer» jurnali mas’ul kotibi Qishloq ahli hayotidagi yangilanishlar tahliliy yoritilgan materiallari uchun.

Eng yaxshi jurnalistik material uchun (Internet-jurnalistika):
1 – o‘rin:
Umid Yoqubov
– O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zA yetakchi muharriri Mamlakat hayotidagi ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy jarayonlarni internet tarmog‘ida keng yoritgani uchun.
2 – o‘rin:
Rustam Rahimov

– «Jahon» axborot agentligi mutaxassisi Mamlakatda amalda oshirilayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy yangilanishlar jarayonini xorijiy auditoriyaga keng targ‘ib qilgani uchun.
3-o‘rin
Elmurodjon Ermatov – «Kun.uz» veb-sayti muxarriri Mamlakatda amalga oshirilayotgan yangilanishlar va bunyodkorlik jarayonini keng va tahliliy yoritgani uchun.

Rag‘batlantiruvchi mukofotlar bo‘yicha:
«Eng yaxshi matbuot xizmati» nominatsiyasi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati
– Matbuot xizmati rahbari Nurbek Mustafoyev
«Eng yaxshi fotoreportaj uchun» nominatsiyasi :
Bahrom Abdurahimov

«OAVda kitobxonlik madaniyati targ‘ib etilgan eng yaxshi material uchun» nominatsiyasi:

Qodirjon Qayumov

«Chet ellik jurnalistning O‘zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun» nominatsiyasi:

Sheymus Kerni


«Vatanparvar» gazetasi fotomuxbiri.

«Sharq ziyosi» gazetasi muhbiri

«Euronews» telekanalining «Postcards» ko‘rsatuvi muallifi va boshlovchisi