2016 yil Oltin qalam tanlovi g‘oliblari

2019-08-12T12:07:10+00:0019 December, 2018|Oltin qalam|

Jurnalistika sohasida “Oltin qalam” XI Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov g‘oliblari va sovrindorlari

Jurnalistika sohasida Bosh milliy mukofot
«Toshkent teleradiokanali» DUK ijodiy jamoasi – direktor Madamin Safarov Mamlakatimizda yuz berayotgan muhim ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy o‘zgarishlarni, poytaxtda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarini keng yoritgani uchun.

Asosiy nominatsiyalar 
Eng yaxshi jurnalistik material uchun (televideniye):

1-o‘rin:
EOAVMA Axborot markazi “O‘zbekiston onlayn” informatsion dasturi –
loyiha rahbari Feruza Elmurodova Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy va madaniy hayotidagi o‘zgarishlarni keng va tezkor yoritgani uchun.
2-o‘rin:
Mo‘min Ibodov – «Yoshlar» telekanali muharriri Yoshlarga oid davlat siyosatimohiyati keng yoritilgan, yoshavlodni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilgan dasturlari uchun.
3-o‘rin:
Matluba Yusupova – Andijon viloyati teleradiokompaniyasi televideniye guruhi katta muharriri Mustaqillik yillarida viloyatda amalga oshirilayotgan yangilanishlar, buyuk ajdodlarimiz merosiga qaratilayotgan e’tibor mavzularidagi ko‘rsatuvlari uchun.

Eng yaxshi jurnalistik material uchun (radio):
1-o‘rin:
Baxtiyor Mavlonov – «Diydor» radiosi muharrir-boshlovchisi Mamlakatimiz madaniy-ma’rifiy hayotidagi yangilanishlar va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga oid eshittirishlari uchun.
2-o‘rin:
«Mahalla» radiokanali ijodiy jamoasi – rahbari Faxriddin Abdurahimov Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘rni, tinchlik-osoyishtalikni ta’minlashda mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlarga oid turkum materiallari uchun.
3-o‘rin:
Rimma Sobirjonova – «Vodiy sadosi» radiosi boshlovchisi Jamiyatda qonun ustuvorligini, aholining ijtimoiy muhofazasini ta’minlash borasidagi islohotlar samaralariga oid turkum eshittirishlari uchun.

Eng yaxshi jurnalistik material uchun (matbuot):
1-o‘rin:
«Ma’naviy hayot» jurnali tahririyati – bosh muharrir Eshqobil Shukurov Istiqlol yillarida mamlakatimiz ma’naviy hayotida yuz bergan ulkan yangilanishlarni jamoatchilikka keng targ‘ib etgan turkum materiallari uchun.
2-o‘rin:
«Do‘stlik bayrog‘i»/«3namya drujbы» gazetalari tahririyati (Navoiy viloyati) – bosh muharrir Abdumajid Jo‘rayev Mamlakatimiz va Navoiy viloyatida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar samaralarini keng yoritgani uchun.
3-o‘rin:
Said Rahmonov – «Xalq so‘zi» gazetasi muxbiri Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangilanishlar jarayonini keng va tahliliy yoritgani uchun.

Eng yaxshi jurnalistik material uchun (internet-jurnalistika):
1-o‘rin:
Azizjon Ermatov – «Buvayda ko‘zgusi» gazetasi veb-sayti adabiy xodimi (Farg‘ona viloyati) Mamlakatimiz hayotidagi ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy jarayonlarni internet tarmog‘ida keng yoritgani uchun.
2-o‘rin:
Isoqjon Begmatov – «To‘xtaboy» jome’ masjidi imom-xatibi Aholini, xususan, yoshlar ongini diniy ekstremistik oqimlar ta’siridan asrashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy hamda diniy bag‘rikenglik mavzulariga bag‘ishlangan turkum materiallari uchun.
3-o‘rin:
Eldor Asanov – «Kun.uz» veb-sayti muharriri Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangilanishlar va bunyodkorlik jarayonini keng va tahliliy yoritgani uchun.

Rag‘batlantiruvchi mukofotlar bo‘yicha:
Eng yaxshi matbuot xizmati nominatsiyasi:
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmati – matbuot xizmati rahbari Mirzo Murodov
Eng yaxshi fotoreportaj uchun nominatsiyasi:
Anvar Ilyasov – «Jahon» AA fotomuxbiri

Milliy va xalqaro hamkorlar nominatsiyalari g‘oliblari:
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi:
«Ommaviy axborot vositalarida xotin-qizlar faoliyati yoritilgan eng yaxshi material uchun»
Muhabbat Otamirzayeva – «Andijonnoma» gazetasi bo‘lim mudiri
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi:
«Sog‘lom ona va bola yili mavzusidagi eng yaxshi material uchun»
Lazzet Yesemuratova – Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasi muharriri;
«Ijtimoiy sheriklik mavzusidagi eng yaxshi material uchun»
Adiba Umirova – «Hurriyat» gazetasi muxbiri
O‘zbekiston Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish Jamoat fondi:
«O‘zbekiston haqida xorijiy OAVda berilgan eng yaxshi material uchun»
«Masterskaya» kinokompaniyasi (RF) “Uzbekistan: jemchujina peskov” hamda «Skvoz peski vremen» hujjatli filmlari uchun – O‘zbekistondagi hamkori EOAVMA;
«Eng yaxshi tahliliy-tanqidiy material uchun»
Ramil Islamov – «Pravda Vostoka» gazetasi bo‘lim mudiri
YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi:
«Orol dengizi hududining barqaror rivojlanishida xotin-qizlarning roli» nominatsiyasi bo‘yicha
Roza Hamidova – Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasi bosh muharriri o‘rinbosari
BMT Axborot markazi:
«Eng yaxshi yoshlar internet nashri» nominatsiyasi bo‘yicha
Mastura Hamroyeva – «Ma’naviyat gulshani» gazetasi muxbiri (Surxondaryo viloyati)
«Mintaqaviy muloqot» (Sloveniya):
«Qonun ustuvorligi yoritilgan eng yaxshi materiallar uchun» nominatsiyasi bo‘yicha
Lola Rakayeva – «O‘zbekiston» teleradiokanali «Axborot» informatsion dasturlari sharhlovchisi;
Lobar Islomova – «Anhor.uz» veb-sayti bosh muharriri
YuSAID xalqaro tashkiloti loyihasi:
«O‘zbekistonda sil kasalligiga qarshi kurash masalalari eng yaxshi yoritilgan materiallar uchun» nominatsiyasi bo‘yicha
Sayyora Hasanova – Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi katta muharriri;
Germaniyaning Xalq universitetlari DVV International xalqaro assotsiatsiyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi:
«Kattalarni o‘qitish va ta’lim berish sohasida OAVning eng yaxshi materiali uchun» nominatsiyasi bo‘yicha
Luiza Mahmudova – «Turkiston-press» NAA muharriri