2015 yil Oltin qalam tanlovi g‘oliblari

2019-08-12T12:07:10+00:0019 December, 2018|Oltin qalam|

Jurnalistika sohasida “Oltin qalam” X Milliy mukofoti xalqaro tanlovi g‘oliblari va sovrindorlari

Jurnalistika sohasida Bosh milliy mukofot
“Uzreport TV” telekanali – bosh direktori Ravshan Jo‘rayev
Ilm-fan, texnika taraqqiyoti, dunyoning rivojlangan davlatlari bilan iqtisodiy aloqalarning rivojlanib borayotgani, buyuk ajdodlarimiz merosi hamda iqtidorli yoshlarning izlanishlariga bag‘ishlangan ko‘rsatuvlari uchun

Asosiy mukofotlar
Eng yaxshi jurnalistik material uchun (televideniye):

1-o‘rin:
Ilvira Mamajonova – “Yoshlar” teleradiokanali Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi dasturlari bosh muharririyati bosh muharriri
“To‘maris”, “O‘zbek adabiyoti” kabi ilmiy-ommabop ko‘rsatuvlari uchun
2-o‘rin:
Anjim Bekbergenova – Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasi “Qoraqalpog‘iston” telekanali Musiqiy dam olish va kino dasturlar bosh muharririyati katta muharriri
“Muzika sirlari”, “Ulli tulg‘alar” va “Sazlar siyqiri” kabi ko‘rsatuvlari uchun
3-o‘rin:
Muqaddas Masharipova – “Toshkent” teleradiokanali “Poytaxt” informatsion dasturlari bosh muharririyati sharhlovchisi
Ijtimoiy muammolarga bag‘ishlangan tahliliy va “Xolis nazar” turkumidagi ko‘rsatuvlari uchun

Eng yaxshi jurnalistik material uchun (radio):
1-o‘rin:
Nasiba Faxriddinova – O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi radio axborot markazi loyihasi muvofiqlashtiruvchisi
“Kun tafsiloti”, “Itogi dnya” dasturlari uchun
2-o‘rin:
Samarqand viloyati teleradiokompa-niyasi jamoasi
“Oltin meros”, “Radio sayohat”, “Fayzli oqshom”, “Oila – jamiyat tayanchi” singari radio eshittirishlari uchun
3-o‘rin:
Yulduz Mamajonova – Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasi muharriri
“Obod xonadon”, “Umr ziynati”, “Farg‘ona oqshomlari”, “E’zoz” kabi dasturlari hamda “Bugunning gapi” turkum eshittirishlari uchun

Eng yaxshi jurnalistik material uchun (bosma OAV):
1-o‘rin:
“Pravda Vostoka” gazetasi tahririyati – bosh muharriri Abbosxon Usmonov
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar, davlat dasturlari ijrosini tizimli, keng va sifatli yoritishdagi turkum materiallari uchun
2-o‘rin:
“Oila davrasida” gazetasi tahririyati – bosh muharriri Husniddin Berdiyev
“Davr nafasi”, “Dolzarb mavzu”, “Mustahkam oila”, “Sog‘lom hayot” va “Aniq savolga aniq javob” kabi materiallari uchun
3-o‘rin:
Risliq Majnunova – “Namangan haqiqati” gazetasining katta muharriri
“Ayollar saltanati” mualliflik sahifasi, ta’lim, ma’naviyat, oila, xotin-qizlar masalalariga bag‘ishlangan tahliliy materiallari uchun

Eng yaxshi jurnalistik material uchun (internet-jurnalistika):
1-o‘rin:
Ruslan Kenjayev – «Narodnoye slovo» gazetasi mas’ul kotibi o‘rinbosari
“Xalq so‘zi” gazetasining www.xs.uz sayti hamda «Narodnoye slovo» gazetasining www.narodnoeslovo.uz saytiga tayyorlagan materiallari uchun
2-o‘rin:
Anvar Samadov – O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Xalqaro axborot tahririyati bosh muharriri
“Xalqaro e’tiroflar zamiridagi ulkan haqiqat”, “O‘zbekiston tinchlik va hamkorlik tarafdori”, “Ne’matlarning eng yaxshisi halovatdir”, “Ozod mamlakatga obodlik yarashadi” kabi maqolalari uchun
3-o‘rin:
Bunyodbek Shamsuddinov – Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti loyiha rahbari, Sharh.uz sayti muallifi
“Demokratik islohotlarni amalga oshirish, fuqarolik jamiyatini barpo etishda yoshlarning o‘rni va roli” loyihasi uchun

“Eng yaxshi fotoreportaj” yo‘nalishi:
Temur Qaysarov – «Ma’rifat» – «Uchitel Uzbekistana» gazetalari fotomuxbiri
“Eng yaxshi matbuot xizmati” yo‘nalishi:
“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi matbuot xizmati
Xalqaro va jamoat tashkilotlarining rag‘batlantiruvchi mukofotlari:
BMT Axborot markazi
“O‘zbekistonning rivojlanish yo‘li mavzusi keng yoritilayotgan va yoshlar forumlarida katta qiziqish uyg‘otayotgan onlayn (internet-nashr) materiallari uchun”
Nargis Qosimova – O‘zDJTU xalqaro jurnalistika fakulteti audiovizual jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya kafedrasi mudiri
YUNESKO
“Orol dengizi mintaqasidagi barqaror rivojlanish maqsadida ekologik jurnalistika bo‘yicha eng yaxshi material uchun”
Nigora Shofayziyeva – “Ulug‘ yo‘l” gazetasi bosh muharriri o‘rinbosari (Toshkent viloyati)
YEXHT
“O‘zbekiston xotin-qizlarining fuqarolik jamiyatini rivojlantirishdagi ishtirokiga bag‘ishlangan turkum materiallari uchun”
Qutlibeka Rahimboyeva – “Saodat” jurnali mas’ul kotibi
Jahon banki
“Muqobil energiya manbalarini tashkil etish va ulardan foydalanish masalalari haqidagi eng yaxshi material uchun”
Maryam Ahmedova – “Qadriyat” gazetasi muxbiri
“Mintaqaviy muloqot” XNNT (Sloveniya)
“Korrupsiyaga qarshi kurash masalalari yoritilgan eng yaxshi material uchun”
Lobar Islomova – “Anhor.uz” veb-sayti bosh muharriri
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi
“Keksalarni e’zozlash yiliga bag‘ishlangan eng yaxshi material uchun”
Rayhon Jumayeva – Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasi bo‘lim mudiri
“Ijtimoiy sheriklik faoliyati yoritilgan eng yaxshi material uchun”
Sayyora Rixsiyeva – “Toshkent haqiqati” gazetasi bo‘lim mudiri
O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi
“Jurnalistika rivojiga qo‘shgan hissasi uchun”
Ikrom O‘tbosarov – “Xalq so‘zi” gazetasi bo‘lim mudiri
«Sog‘lom bola yiliga bag‘ishlangan eng yaxshi material uchun»
Lyudmila Polonskaya – «Turkiston» – «Molodyoj Uzbekistana» gazetalari muxbiri
“Istiqbolli avlod” ijtimoiy axborot markazi
“Odam savdosiga qarshi kurash mavzusidagi eng yaxshi material uchun”
Georgiy Petrosyan – IIV Birlashgan tahririyati bo‘lim mudiri
Sayyora Bo‘ronova – Jizzax viloyati teleradiokompaniyasi bo‘lim mudiri