2014 yil Oltin qalam tanlovi g‘oliblari

2019-08-12T12:07:10+00:0019 December, 2018|Oltin qalam|

Jurnalistika sohasida “Oltin qalam” IX Milliy mukofoti
xalqaro tanlovi g‘oliblari va sovrindorlari (2014)

Jurnalistika sohasida Bosh milliy mukofot
O‘zMTRK “Madaniyat va ma’rifat” telekanali – direktori Vohid Luqmonov – O‘zbek xalqining boy madaniy-ma’rifiy merosini asrab-avaylash va yanada boyitish, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrli, keng dunyoqarashli yoshlarni voyaga yetkazish yo‘lida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar, milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan e’tibor, mamlakat madaniy hayotidagi yangilanishlarni keng yoritgani uchun

Asosiy mukofotlar
Eng yaxshi jurnalistik material uchun (televideniye):

1-o‘rin:
Gulhida Jo‘rayeva – “Yoshlar” teleradiokanali qoshidagi “Bolajon” telekanalining Musiqiy va ma’rifiy-o‘yinli teledasturlar muharririyati bosh muharriri o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi – “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi” doirasidagi milliy qadriyatlarimizni yoshlar ongiga singdirish, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarga ega yoshlarni voyaga yetkazishga qaratilgan teledasturlari uchun
2-o‘rin:
Barchinoy Jo‘rayeva – O‘zMTRK “O’zbekiston” teleradiokanali Madaniy-ma’rifiy va badiiy dam olish dasturlari bosh muharririyati bosh muharriri o‘rinbosari Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘zgarishlar va dolzarb muammolarga bag‘ishlangan “Biz uchun muhim” turkumidagi tok-shoulari uchun
3-o‘rin:
Yolqin Oqbo‘tayev – Samarqand viloyati teleradiokompaniyasi teleguruhining maxsus muxbiri – Viloyatda amalga oshirilayotgan yangilanishlar jarayoni va bunyodkorlik ishlari to‘g‘risidagi ko‘rsatuvlari uchun

Eng yaxshi jurnalistik material uchun (radio):
1-o‘rin:
Mavjudaxon Oppoqxo‘jayeva – O‘zMTRK “O’zbekiston” teleradiokanali Ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy eshittirishlar muharririyati katta muharriri – O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini demokratlashtirish va erkinlashtirish yo‘lida olib borilayotgan islohotlar haqidagi tahliliy eshittirishlari uchun
2-o‘rin:
Zafar Tursunov – “Poytaxt” radiokanali direktorii – Respublikamiz poytaxti hayotining muhim voqealari haqidagi axborot dasturlari, dolzarb mavzudagi tanqidiy-tahliliy eshittirishlari uchun
3-o‘rin:
Gularem Jumagaliyeva – Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradio-kompaniyasining “Xabar” axborot-tahliliy dasturlari bosh muharririyati katta muharriri – Qoraqalpog‘iston yoshlarining bugungi hayoti, yutuq va muammolari to‘g‘risidagi “Parvoz” turkum eshittirishlari uchun

Eng yaxshi jurnalistik material uchun (bosma OAV):
1-o‘rin:
“Sog‘lom avlod” gazetasi tahririyati – bosh muharriri Faxriddin Hayitov – Mamlakatimizda “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi doirasida sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, onalik va bolalikni himoya qilish, oilalarda sog‘lom muhitni kuchaytirish, tibbiy madaniyatni oshirish, bolalar sportini rivojlantirish borasida olib borilayotgan sa’y-harakatlarni keng va tahliliy yoritgani uchun
2-o‘rin:
“Vatanparvar” gazetasi tahririyati – bosh muharriri – Alijon Safarov Yoshlarni milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat, harbiy- vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga yo‘naltirilgan, O‘zbekiston Qurolli Kuchlarida amalga oshirilayotgan islohotlar haqidagi materiallari uchun
3-o‘rin:
Zamiraxon Xo‘jamberdiyeva (Ro‘ziyeva) – “Milliy tiklanish” gazetasining Andijon viloyati bo‘yicha o‘z muxbiri – Milliy g‘urur va qadriyatlarimiz, an’ana va udumlarimiz, xalqimizga xos bag‘rikenglik haqidagi publitsistik maqolalari uchun

Eng yaxshi jurnalistik material uchun (Internet-jurnalistika):
1-o‘rin:
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zAning “uza.uz” veb-sayti – bosh muharriri Bunyod Abdullayev – Demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish yo‘lida mamlakatimizda siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni turli tillarda atroflicha yoritgani uchun
2-o‘rin:
“uz24.uz” veb-sayti – bosh muharriri Abror Ismoilov – Mamlakatimizda va chet ellarda yuz berayotgan voqea-hodisalar tezkor va tahliliy yoritilgan materiallari uchun
3-o‘rin:
Jonibek Musayev – “UzReport.com” veb-sayti muxbiri – O‘zbekistonning iqtisodiy hayotidagi yangiliklar, xalqaro aloqalari haqidagi tahliliy materiallari uchun

Xalqaro va jamoat tashkilotlarining rag‘batlantiruvchi mukofotlari:
BMT axborot markazi
“Radioda Mingyillik rivojlanish maqsadlari mavzusining yoritilishi”
Lazzat Yesemuratova – “Nukus-G‘M” radiokanali direktori
YuNESKO
“Barqaror rivojlanish mavzusi yoritilgan eng yaxshi material uchun”
Toshtemir Xudoyqulov – “O‘zbekiston ovozi” gazetasining Ijtimoiy hayot va iqtisodiyot bo‘limi muxbiri
YeXHT
“Raqamli texnologiyalar davrida zamonaviy jamiyat va axborot jurnalistikasi”
“O‘zbekiston matbuoti” jurnali tahririyati – bosh muharrir vazifasini bajaruvchi Shuhratjon Oxunjonov
JAHON BANKI
“Global iqlim o‘zgarishi muammolari yoritilgan eng yaxshi material uchun” (qishloq xo‘jaligi va issiqlik samaradorligi masalalari)
Ozod Ochilov – “Qishloq hayoti” gazetasi guruh rahbari
UNAIDS, UNICEF, UNFPA VA OITSga QARShI KURASh RESPUBLIKA MARKAZI
“OAVning OIV-OITS masalalari bo‘yicha jamoatchilik muloqotini faollashtirish va aholining xabardorligini oshirishdagi roli yoritilgan eng yaxshi material uchun”
Suriya Magdeyeva – “Namanganskaya pravda” gazetasining maxsus muxbiri

XALQARO MUNOSABATLAR MILLIY DEMOKRATIK INSTITUTI (AQSh)
1. “Davlat organlarining o‘z faoliyati ochiqligi va shaffofligini kuchaytirish borasidagi ishlari yoritilgan eng yaxshi material uchun”
Sayyora Yerbayeva – O‘zMTRK “Toshkent” teleradiokanali “Poytaxt” axborot dasturlari bosh muharririyati sharhlovchisi
2. “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining aholi ehtiyojlarini qondirish bo‘yicha dolzarb muammolar yechimini topishda fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligi yoritilgan eng yaxshi material uchun”
Sanobar Boymurodova – Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasi muharriri
3. “Jurnalistikada ijtimoiy masalalarni yoritishda innovatsion yechim va yondashuvlar”
Xushnud Xudoyberdiyev – Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi
“Regional dialog” XNNT (Sloveniya)

1. “Inson huquqlarini himoyalash mavzusidagi eng yaxshi material uchun”
Guli Nigor Avazova – O‘zbekiston Respublikasi IIV Birlashgan tahririyati muxbiri
2. “O‘zbekistonda sud hokimiyati islohotlarining borishi yoritilgan eng yaxshi material uchun”
Xurshida Tursunboyeva – “Toshkent haqiqati” gazetasi muxbiri
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi
1. “Sog‘lom bola yiliga bag‘ishlangan eng yaxshi material uchun”
Mardon Esonboyev – “Bolalar dunyosi” gazetasi muharriri o‘rinbosari (Namangan viloyati)
2. “Ijtimoiy sheriklik faoliyati yoritilgan eng yaxshi material uchun”
Yekaterina Soboleva – O‘zbekiston mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi bosh mutaxassisi

O‘ZBEKISTON MUSTAQIL BOSMA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI VA AXBOROT AGENTLIKLARINI QO‘LLAB-QUVVATLASh VA RIVOJLANTIRISh JAMOAT FONDI
1. “Jurnalistika rivojiga qo‘shgan hissasi uchun”
Abbosxon Usmonov – “Pravda Vostoka” gazetasi bosh muharriri
2. ”Chet ellik jurnalistning O‘zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun”
Irina Baranova – “Trend” axborot agentligining O‘zbekistondagi muxbiri (Ozarbayjon Respublikasi)