2011 yil Oltin qalam tanlovi g‘oliblari

2019-08-12T12:07:12+00:0019 December, 2018|Oltin qalam|

Jurnalistika sohasida “Oltin qalam” VI Milliy mukofoti
xalqaro tanlovi g‘oliblari va sovrindorlari 
r o‘ y x a t i
(2011 y.)

Jurnalistika sohasida Bosh Milliy mukofot
O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining “Ozod yurt to‘lqinlari” media-festivali – Loyiha rahbari Firdavs Abduholiqov. Nodavlat Elektron ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyati uchun

Asosiy nominatsiyalar

Eng yaxshi jurnalistik material uchun (televideniye):

1-o‘rin:
Sobirjon Turdiyev – “Yoshlar” teleradiokanali YoAJ “Davr” axborot dasturlari bosh muharririyati Siyosat, iqtisod va xalqaro hayot bo‘limi boshlig‘i. Mamlakatda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlarni hamda xalqaro maydonda yuz berayotgan voqea-hodisalarni keng yoritgan ko‘rsatuvlari uchun

2-o‘rin:
Mastura Farmonova – O‘zMTRK “O‘zbekiston” teleradiokanali Ijtimoiy-siyesiy va sotsial-iqtisodiy dasturlar bosh muharririyati muharriri.”Barkamol avlod yili”, ”Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturlari ijrosiga bag‘ishlangan ”Yurt mehri” ko‘rsatuvlari uchun,
Zilola Xudoyqulova – O‘zEOAVMAga a’zo “Istiqlol” televideniyesi bosh muharriri
(Buxoro viloyati). Xalqimizning boy madaniy merosi, an’ana va qadriyatlarini tiklash hamda targ‘ib etishga bag‘ishlangan turkum ko‘rsatuvlari uchun

3-o‘rin:
Farhod Hojiyev – O‘zMTRK “O‘zbekiston” teleradiokanali “Yangi jamiyat” studiyasi katta muharriri. Mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarni atroflicha yoritgani uchun

Eng yaxshi jurnalistik material uchun (radio):

1-o‘rin:
Gulnaz Nurbekova – O‘zMTRK Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasi muharriri. Yoshlarga mo‘ljallangan “Vaqt”, “Xayrli tong” hamda “Naupir” turkumidagi eshittirishlari uchun
2-o‘rin:
Yelena Petrusevich – “Vodiy sadosi” radiostansiyasi muharriri. “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturi ijrosiga bag‘ishlangan eshittirishlari uchun
3-o‘rin:
Shohista Qosimova – O‘zMTRK “Toshkent” teleradiokanali muharriri. Ekologiya muammolariga bag‘ishlangan “Tabiat va biz” hamda “Bevosita muloqot” turkumlaridagi eshittirishlari uchun
Eng yaxshi jurnalistik material uchun (matbuot):

1-o‘rin:
Vohid Luqmonov – O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zAning Mahalliy axborot tahririyati bosh muharriri. O‘zbekistondagi demokratik islohotlarning samaralari hamda qulay investitsion muhit yaratilganini keng yoritgan materiallari uchun
2-o‘rin:
Bekzod Shukurov – “O‘zbekiston ovozi” gazetasi bo‘limi mudiri. Siyosiy partiyalar faoliyatiga bag‘ishlangan turkum maqolalari uchun
3-o‘rin:
Shohidbek Aslonov – “Ma’naviyat” gazetasi bo‘lim mudiri (Farg‘ona viloyati). Viloyat hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlarni keng yoritgani uchun

Eng yaxshi jurnalistik material uchun (Internet-jurnalistika):

1 – o‘rin:
Puxarbay Tleumuratov – “Yerkin Qaraqalpaqstan” gazetasi bo‘limi muharriri. Qoraqalpog‘iston Respublikasida demokratik, ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy islohotlarning samaralari haqidagi materiallari uchun

2 – o‘rin
Albina Gaysina – “Uzreport” MChJ axborot agentligining bosh muharriri o‘rinbosari. Mamlakat va xalqaro miqyosdagi muhim voqealarni tezkorlik bilan yoritgan tahliliy materiallari uchun

3 – o‘rin

Shavkatjon Ortiqov – “Xalq so‘zi” gazetasi muxbiri. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni tezkorlik bilan yoritgan turkum materiallari uchun

Rag‘batlantiruvchi mukofotlar bo‘yicha:

Jurnalistika rivojiga qo‘shgan hissasi uchun:
Boybo‘ta Do‘stqorayev – O‘zbekiston jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakulteti professori,
Toshpo‘lat Axmedov – O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasining Buxoro viloyati bo‘limi mas’ul kotibi, “Buxoro mavjlari” jurnali muharriri

Faol fuqarolik pozitsiyasi uchun:
Eshnor Jabborov – “Jahon” axborot agentligi direktorining o‘rinbosari

Ijtimoiy-siyosiy mavzudagi eng yaxshi tahliliy material uchun:
Yo‘ldoshmirza Isoqjonov – Izboskan tumani “Paxtakor” gazetasi muxbiri (Andijon viloyati)
Ijtimoiy-iqtisodiy mavzudagi eng yaxshi tahliliy material uchun:
Nazarali Tillayev – “Qashqadaryo” gazetasi muxbiri
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yiliga bag‘ishlangan eng yaxshi material uchun:
“Uzreport” axborot agentligining O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi ko‘magidagi – “Biznes report” ko‘rsatuvi. Loyiha rahbari – Dilshod Sultonov
Ma’naviy-ma’rifiy mavzudagi eng yaxshi material uchun:
Nargiza Umarova – “Turkiston” gazetasi muxbiri

Harbiy – vatanparvarlik mavzusidagi eng yaxshi material uchun:
Dilshod Rajabov – O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi nashri – “Vaziyat” gazetasi bosh muharriri o‘rinbosari

Eng yaxshi jurnalistik tekshiruv uchun:
Mariya Uxanova – “Pravda Vostoka” gazetasi muxbiri

Murakkab sharoitlarda (favqulodda vaziyatlar, atrof-muhit va ekologiya
muammolari) tayyorlangan eng yaxshi reportaj uchun:
Tojiddin Qamarov – O‘zbekiston Ekoharakati matbuot xizmati rahbari

Eng yaxshi rejissyorlik ishi uchun:
Jo‘rabek Xamroyev – O‘zMTRK “O‘zbekiston” teleradiokanali Ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy dasturlar bosh muharririyati rejissyori

Eng yaxshi matbuot xizmati:
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi matbuot xizmati – Rahbari – To‘rabek To‘rayev

Eng yaxshi fotoreportaj uchun:
Bobur Po‘latov – “Turkiston” gazetasi fotomuxbiri

Eng yaxshi karikatura uchun:
Mirsait G‘oziyev – “Mushtum” jurnali rassomi

Chet ellik jurnalistning O‘zbekiston to‘g‘risidagi eng yaxshi materiali uchun:
Dun Lunszyan – Xitoy Xalq Respublikasi Sinxua axborot agentligining Toshkentdagi bo‘limi muxbiri