2009 yil Oltin qalam tanlovi g‘oliblari

2019-08-12T12:07:12+00:0019 December, 2018|Oltin qalam|

Jurnalistika sohasida “Oltin qalam” IV Milliy mukofoti

g‘oliblari va sovrindorlari

(2009 yil)

Bosh Milliy mukofot

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy dasturlar bosh muharririyatining ijodiy guruhi – guruh rahbari Mamadamin Safarov. Odam savdosiga qarshi kurashish va noqonuniy mehnat migratsiyasining oldini olish masalalariga bag‘ishlangan “Adashganlar qismati” turkum ko‘rsatuvlari uchun.

Asosiy nominatsiyalar

Eng yaxshi jurnalistik material uchun  (televideniye):

1-o‘rin:

Dilfuza Esonova – O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi “Axborot” markazi muharriri. “Parlament soati” ruknidagi mualliflik ko‘rsatuvlari uchun.

2-o‘rin:

Alisher Xoshimov – O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali “Axborot” informatsion dasturi katta muharriri. Mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy hayotidagi o‘zgarishlarni yoritgan materiallari uchun.

3-o‘rin.

Ruxsora G‘ofurova – “Samarkand – STV” teleradiokompaniyasi muxbiri. Qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan islohotlar haqidagi turkum ko‘rsatuvlari uchun.

Eng yaxshi jurnalistik material uchun  (radio):

1-o‘rin:

Shohida Abdualimova – Toshkent davlat san’at instituti jurnalistika kafedrasi o‘qituvchisi. Huquqiy mavzudagi turkum eshittirishlari uchun.

2-o‘rin:

Muqadamxon Xalilova – «Yoshlar» teleradiokanali katta muharriri. “Hayot darsi” ruknidagi yoshlar tarbiyasiga bag‘ishlangan  eshittirishlari uchun.

3-o‘rin:

Dilbarxon G‘aniyeva – Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasi radiokanali muharriri. Ma’naviy-ma’rifiy mavzudagi eshittirishlari uchun.

Eng yaxshi jurnalistik material uchun (matbuot):

1-o‘rin:

Maqsud Jonixonov – «Xalq so‘zi» gazetasining bo‘limi mudiri. Vatan tuyg‘usi, milliy meros va milliy qadriyatlar mavzularidagi maqolalari uchun.

2-o‘rin:

«Bella Terra» va «Jannatmakon» jurnallari tahririyati – bosh muharrirlari Madina Mo‘minova va Iroda Dadajonova. Ma’naviy-ma’rifiy va ijtimoiy-ilmiy mavzudagi maqolalari uchun.

3-o‘rin.

Luqmon Bo‘riyev – «Yoshlik» jurnali bosh muharriri o‘rinbosari. Milliy qadriyatlar, an’analar va  urf-odatlar haqidagi materiallari uchun.

Eng yaxshi jurnalistik material uchun  (Internet-jurnalistika):

1-o‘rin:

Ralif Nigmatullin –«uz.Report» saytining direktori – bosh muharriri. Huquqshunoslikning dolzarb masalalarini yoritgan materiallari uchun.

2-o‘rin:

Gulbaxor Tangirova – «Zarya Surxana» va «Narodnoye slovo» gazetalarining muxbiri (Surxondaryo viloyati). Ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni keng yoritgan materiallari uchun.

3-o‘rin.

Xalim Saidov – “Ma’rifat” va “Uchitel Uzbekistana” gazetalarining bosh muharriri. “Matbuot-milliy manfaatlar himoyachisi” ruknidagi materiallari uchun.

Rag‘batlantiruvchi mukofotlar bo‘yicha
Jurnalistika rivojiga qo‘shgan hissasi uchun

Ozod Sharofiddinov – O‘zbekiston Qahramoni  (marhum)

Faol fuqarolik pozitsiyasi uchun

Rahim Maqsudov – «Qiziltepa tongi» tuman gazetasi muharriri (Navoiy viloyati)

Ijtimoiy-siyosiy mavzudagi eng yaxshi tahliliy material uchun

Sobir Dadaxo‘jayev – «Vodil yog‘dusi» tuman gazetasi muharriri (Farg‘ona viloyati)

Ijtimoiy-iqtisodiy mavzudagi eng yaxni tahliliy material uchun

Mnajatdin Qutlimuratov –“Xojayli haqiqati” tuman gazetasi muharriri (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)

“Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” ga bag‘ishlangan
eng yaxshi material uchun

Mohinisa Kamolova – O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy dasturlar bosh muharririyati bosh muharriri o‘rinbosari

Ma’naviy-ma’rifiy mavzudagi eng yaxshi material uchun

O‘rol O‘tayev – O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi teleradiodasturlarni monitoring va tahlil qilish bo‘limi bosh mutaxassisi

Harbiy – vatanparvarlik mavzusidagi eng yaxshi material uchun

Inobat Ibragimova –  «Vatanparvar» gazetasi  bo‘limi muharriri

Eng yaxshi jurnalistik tekshiruv uchun

Primkul Do‘stmamatov – «Ishonch»-«Doveriye» gazetalarining o‘z muxbiri (Sirdaryo viloyati)

Murakkab sharoitlarda (favqulodda vaziyatlar, atrof-muhit va ekologiya
muammolari) tayyorlangan eng yaxshi reportaj uchun

Murodulla Abdullayev – «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasining bosh muharriri o‘rinbosari

Eng yaxshi rejissyorlik ishi uchun

Andrey Afrin – «O‘zbektelefilm» studiyasi  rejissyori.

Eng yaxshi matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmati – rahbari Svetlana Ortiqova

Eng yaxshi fotoreportaj uchun

Burxon Rizaqulov – «Ma’rifat» gazetasi fotomuxbiri

Eng yaxshi karikatura  uchun

Abdurasul Xakimov – jamoatchi muxbir (marhum)

Chet ellik jurnalistning O‘zbekiston to‘g‘risidagi eng yaxshi  materiali uchun

Muhammad Abbas Xan – jurnalist (Pokiston)