Salimov Xolmurod Xo‘Jayevich

2019-08-12T12:07:43+00:0014 December, 2018|Klub ishchi guruhi|

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi o‘rinbosari

1974 yil 20 iyunda Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek, partiyasiz. Ma’lumoti – oliy.

1998 yilda Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetining o‘zbek filologiya fakulteti qoshida ochilgan jurnalistika bo‘limini tamomlagan. Rus tilini biladi.

Mehnat faoliyatini 1998 yilda Samarqand shahridagi 53-maktabda (o‘zbek tili va adabiyoti fani bo‘yicha) o‘qituvchilikdan boshlagan.

1999-2000 yillari Navoiy viloyati teleradiokompaniyasida muxbir bo‘lib ishlagan. 2000-2003 yillari shartnoma asosida harbiy xizmatni o‘tagan.

2003-2015 yillari O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zAda muxbir, sharhlovchi, maxsus muxbir, yetakchi muharrir, bo‘lim mudiri, bosh muharrir o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat olib borgan.

2015-2016 yillari O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanali huzuridagi “Diyor” telekanalining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar katta muharrirlari bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

2016-2018 yillari «Toshkent haqiqati» gazetasining ijtimoiy-iqtisodiy hayot bo‘limi mudiri, «Toshkent haqiqati» va “Tashkentskaya pravda” gazetalari bosh muharrir 1- o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2018 yil 14 maydan buyon O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.