Bahodir Kattaxo‘Jayev

2019-08-12T12:07:44+00:0014 December, 2018|Klub ishchi guruhi|

«O‘zbekiston Respublika tovar xom ashyo birjasi» AJ Umumiy bo‘lim boshlig‘i.

1958 yilning 19 iyunida Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 1980 yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutinini tamomlagan. Texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Mehnat faoliyatini 1980 yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti qoshidagi «Iqtisodiyot» ilmiy-izlanish laboratoriyasi kichik ilmiy xodimlikdan boshlagan.

Faoliyati davomida turli tashkilot va lavozimlarda ishlagan. Shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi axborot tahlil boshqarmasi makroiqtisodiy rivojlanish bo‘limining bosh mutaxassisi, O‘zbekiston Respublikasi «Toshkent» fond birjasi ekspert tahlil markazi boshlig‘i, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo‘mitasi qoshidagi «Respublika mulk auksioni» korxonasi bosh direktori lavozimlarida ishlagan.