PREZIDENT TABRIGIGA MUNOSABAT Chuqur tahlil, erkin mushohada qilishimiz kerak

2020-07-03T07:23:27+00:001 July, 2020|Umumiy yangiliklar|

O‘tkir Matqurbonov: O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Xorazm viloyat bo‘limi rahbari

Davlatimiz rahbari xar yili 27 iyun-matbuot va OAV xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillarini tabriklab, fidoiy, zaxmatli faoliyatimizni e’tirof etish bilan birga, o‘z tavsiyalarini xam beradilar.

Bu yil xam xuddi shunday, dunyoda yuz berayotgan pandemiya tufayli hozirgi murakkab vaziyat va qiyinchiliklarga qaramasdan, aholiga tezkor va ishonchli axborot yetkazilayotgani uchun samimiy minnatdorchilik bildirdilar.

Shu bilan birga sohani yanada rivojlantirish, jamiyatdagi o‘zgarish va yangilanishlarni chuqur tahlil qilish, ijtimoiy muammolar va kamchiliklarga davlat idoralari, jamoatchilik e’tiborini qaratish, odamlar kutayotgan mavzu, muammolarni olib chiqish hali talab darajasida emasligini ham aytib o‘tdilar.

Ayrim matbuot nashrlari, televideniye va radiodagi materiallar ijtimoiy yengil, hisobotlardan iborat, balandparvoz, madh etishdan iborat bo‘layotgani xam bor gap.

Bundan qutilish uchun esa avvalo, har tomonlama bilimli, ma’naviy, iqtisodiy va siyosiy yetuk, erkin baxs, mushoxoda qila oladigan jurnalistlar zarur.

Albatta, mana shu yo‘nalishda tahririyat, muharririyatlar, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi tomonidan ijodkorlarning malaka oshirishi, xorijiy tillarni o‘rganishi, dunyoning yetuk kompaniyalari bilan tajriba almashishini yo‘lga qo‘yish lozim.

Biz ana shundagina faoliyatimizni, bizdan kutilayotgan darajaga ko‘tara olamiz.