Jurnalistika va davr: e’tibor ham talab ham yuksalayotgan soha

2020-06-30T07:00:43+00:0030 June, 2020|Navoiy vil.|

Jurnalistika haqida gap ketganda shijoat va jasorat kabi insoniy ixslatlar birga tilga olinadi. “Noni qattiq” deya ta’riflangan mazkur sohani O‘zbekistonda jadidchilik harakati vujudga keltirgani bejiz emas. Zero, o‘sha davrda ziyolilar xalqning ma’rifatli qilishda, avvalo matbuotga tayanishgan.

So‘nggi yillarda yurtimizda ham yangi O‘zbekistonni barpo etish borasida so‘z erkinligi va matbuot sohasida tub o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bugungi kunda jadal davom etib kelayotgan mazkur jarayonlar xalqimizning islohotlarga nisbatan doimiy munosabat bildirishi va mas’ulligini oshirishga ham xizmat qilmoqda.

Davlatimiz rahbarining 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llagan bayram tadbirigida ham ayni shu masala haqida alohida qayd tilib, “Mamlakatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarishda axborot sohasini tubdan isloh qilish va rivojlantirishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Keyingi uch yilda bu borada o‘ndan ziyod qonun hujjatlari qabul qilingani ham bu fikrni tasdiqlaydi” hamda “Eng asosiysi, ommaviy axborot vositalari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarish va yangilanish jarayonlarini har tomonlama tahlil qilib, joylardagi ijtimoiy muammolar, xato va kamchiliklarga davlat idoralari va jamoatchilik e’tiborini qaratayotganini alohida qayd etish lozim”, deya ta’kidlangani bejiz emas.

Darhaqiqat, yurtimizda mazkur sana keng nishonlanmoqda. Viloyatimizda ham ushbu bayram munoabati bilan bir qator tadbirlar tashkil etilib, sohada faollik ko‘rsatayotgan bir guruh fidoyilar mehnati rag‘batlantirildi. Viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan tadbirda senator Qobul Tursunov tahririyatlar xodimlarini bayram bilan qutlar ekan, bugungi kunda yosh jurnalistlar hamda blogerlar safi kengayib borayotgani, ularning malakasini oshirish dolzarb ahamiyat kasb etayotgani, keksa ijodkorlar va yoshlar o‘rtasida “Ustoz-shogird” an’analarini yo‘lga qo‘yish lozimligini aytib o‘tdi. Muloqot davomida jurnalistlar ham bir qator takliflarni o‘rtaga tashladi. Shundan so‘ng 20 nafar ijodkorga viloyat hokimining faxriy yorlig‘i hamda qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.

– Jurnalist zimmasidagi mas’uliyat har doimigidanda oshgan, – deydi “Xalq so‘zi” gazetasining viloyat bo‘icha muxbiri, mukfotlanganlardan biri Temur Eshboyev. – Sababi biz ayni paytda jadal islohotlar davrida yashayapmiz. Tahririyat xodimlari mazkur o‘zgarishlar natijadorligini tahlil qilishi bilan birga islohotlar mazmun-mohiyatini xalqqa rasmiylikdan yiroq, sodda va oddiy tilda yetkazishda ham chuqur malakaga ega bo‘lishi lozim. Jurnalist soxta maqtovlardan, maddohlikdan yiroq bo‘lishi lozim. Shundagina uning faoliyatini xalq yuqori baholaydi.

Qayd etish lozim, Navoiy viloyati hududida jurnalistika sohasi paydo bo‘lganiga 90 yildan oshdi. “Karmana ovozi” hamda “Xatirchi hayoti” gazetalari vohadagi eng keksa nashrlar sanaladi.

Joriy yilda bir qator gazetalar ­­­­- “Qiziltepa tongi” hamda “Nurnoma” gazetalarining – 85 yilligi, “Kenimex tanы” gazetasining – 90 yilligi hamda  “Konchilar hayoti” gazetasining – 25 yilligi nishonlanmoqda. Bundan tashqari, faxriy ijodkorlar,  “Qiziltepa tongi” gazetasi muharriri Rahim Maqsudov 80,  “Navoiy ziyosi” gazetasi mas’ul kotibi O‘rol Sanaqulov 60 yoshga to‘ldi. Shu munosabat bilan bayram arafasida O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi tomonidan mazkur tahririyatlarda bo‘lib, ijodiy jamoalarga hamda faxriylarga uyushma raisi Sa’dulla Hakimovning faxriy yorlig‘i hamda rag‘batlantiruvchi mukofotlari topshirildi.

Joriy yilda kasb bayramining  ko‘tarinki ruhda tashkil etilishida bir qator davlat va nodavlat idoralari ham tashabbus ko‘rsatishdi. Xususan, adliya, Davlat xizmatlari agentligi viloyat boshqarmalari, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat kengashi, “Navoiyhududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati hamda “Zarafshon golden group” kompaniyasi ham jurnalistlar faoliyatini e’tibordan chetda qoldirmadi.

  • ­Jurnalistika sohasining rivojlanishi har bir mamlakat taraqqiyotida muhim, ­­- deydi “Zarafshon golden group” kompaniyasi ta’sischisi, senator Ulug‘bek Fayziyev. ­– Bugun joylardagi mavjud kamchiliklarni ko‘rsatib berish, mas’ul rahbarlar faoliyatiga baho berishda ham jurnalistlarning o‘rni alohida bilinmoqda. Korrupsiya va poraxo‘rlik kabi illatlarni bartaraf etishda ham erkin matbuot muhim o‘rin tutadi. Eng birinchi navbatda esa, mazkr soha rivoji avvalo, shu tizimda ishlayotgan fidoyilarga bog‘liq. Shunday ekan, ularning mehnatini har doim qadrlashimiz lozim.

Bayram munosabati bilan “Yilning eng faol jurnalisti” respublika tanlovi ham o‘tkazilib, viloyatimizdan 10 nafarga yaqin ijodkor mazkur tanlovda ishtirok etdi. E’tiroflisi, “Qiziltepa tongi” gazetasi muxbiri Bahodir Egamov gazetada tuman hayotining tahliliy yoritib kelayotgani uchun tanlov g‘oliblaridan biriga aylandi.

Albatta, har bir sohada miqdoriy ko‘rsatkichlarni sifat ko‘rsatkichiga o‘zgartirish katta ahamiyatga ega. Jurnalistika sohasida bugungi kunda bo‘layotgan jarayonlar ham qalam sohiblarining bilimi va iqtidorini hartmonlama toblab, katta ijod maydoniga yangi-yangi, yosh, shijoatli kasb egalari chiqib kelmoqda. Bundan o‘z navbatida xalqimiz ham jurnalistika sohasi ham manfaat ko‘rmoqda. Buning barchasi mazkur sohaga e’tibor va rag‘batning va talabning yuksalayotganidandir.

Ozod MUSTAFOYEV,

O‘zJIU viloyat bo‘limi mutaxassisi.