PREZIDENT TABRIGIGA MUNOSABAT Bizga bildirilgan bu kabi istak va talablardan faxr-iftixorni tuydim

2020-06-29T11:14:26+00:0029 June, 2020|Umumiy yangiliklar|

Jamshid ShERMETOV, «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi boshqaruvi raisining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi:

– Biz, jurnalistlar Prezidentimiz yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib, cheksiz quvondik. Unda yozilgan har bir istak va talablar bizni yanada o‘z ishimizga mas’uliyat bilan yondashishga undaydi.

Bugun vazirlik va tashkilotlar faoliyatini xalqqa va keng jamoatchilikka tanishtirib, mavjud muammolar yechimida axborot xizmatlari o‘z o‘rnini egallab bormoqda. Shu bois, axborot xizmati xodimlari xalq va davlat tashkilotlari o‘rtasidagi vositachi hisoblanadi.

Men bu tizimda ishlayotgan jurnalistlarni xalq dardini vazirlik va tashkilotlarga yetkazuvchi, davlat muassasalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni esa keng jamoatchilikka taqdim etuvchi intellektual inson, deb bilaman. Shu bois, ular hamisha izlanishda bo‘lishi kerak. Mehnat qilayotgan tashkilot faoliyatini yaxshi o‘rganib, o‘sha soha haqida qalam tebrata olsa, bu – jurnalistlarning yutug‘i.

Ochig‘ini aytganda, bundan uch-to‘rt yil oldin matbuot kotiblari faoliyatini deyarli hech kim bilmas edi. Keyingi yillarda OAV xodimlari hamda matbuot kotiblariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mamlakatimizda zamonaviy jurnalistika rivojlandi. Axborot ochiqligi ta’minlandi. Buning barobarida matbuot kotiblari ish faoliyatida jahon tajribasi qo‘llanildi. Ochiqlik siyosati amalga oshirildi. Agentlik tomonidan matbuot kotiblarining ish faoliyatlari monitoring qilina boshlandi. Yosh kadrlar uchun yo‘nalishlar berildi.

Davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan bunday e’tibor mamlakatimiz har bir jurnalistini o‘z ustida yanada kuch-g‘ayrat bilan ishlashga turtki bo‘lmoqda. Bizga bildirilgan bu kabi istak, ishonch va talablardan faxr-iftixorni tuydim.