Jurnalistlar uyushmasidan ijodkorlaga bayramona tuxfa

2020-06-26T15:14:42+00:0026 June, 2020|Surxondaryo vil.|

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat – notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan har yili nodavlat – notijorat tashkilotlariga grant loyihalari ajratiladi. O‘tgan yili O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Surxondaryo viloyat bo‘limi ushbu fond tanlovida “Surxondaryo-qadriyatlar beshigi” loyihasi bilan  ishtirok etib, grant g‘olibi bo‘lgan edi.

Ushbu loyiha asosida jurnalistlar, blogerlar va fotojurnalistlar uchun “Surxondaryo –qadriyatlar beshigi” mavzusida ikkita tanlov e’lon qilgan edi. Ijodiy ishlar Surxondaryo xalqining  o‘zbekona qadriyatlarini tarannum etish, qadimiy urf-odat va an’analarni keng yoritish, tariximizning ulug‘vorligini namoyon etgan, xalq og‘zaki ijodi namoyondalari ishlarini keng ommaga ko‘rsatish, milliy qadriyatlarimizning kelib chiqishi va ularning yoshlar ma’naviyatining yuksalishida tutgan o‘rni, milliy va umuminsoniy qadriyatlarimiz aks etgan 13 nafar ijodkorlarning ishlari qabul qilindi. Ularning 6 nafari matbuot, internet jurnalistikasi yo‘nalishida qolgan 7 nafari foto ishlanmalari bilan ishtirok etdi.

27 iyun-Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan ushbu tanlovning taqdirlash marosimi Termiz shahridagi Matbuot uyida bo‘lib o‘tdi. Shu kuni ijodiy ishlari bilan qatnashgan   ijodkorlar  tanlov g‘olib va sovrindorlari sifatida taqdirlandi. Grant loyihasi  mablag‘lari asosida tayyorlangan diplom va estalik sovg‘alari uyushmaning viloyat bo‘limi raisi Muhiddin Abdurahmonov tomonidan topshirildi.

Mastura Xamrayeva

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi

Surxondaryo viloyat bo‘limi mutaxassisi