Xorijdagi fuqarolar, yolg‘on axborotlarga aldanib qolmang!

2020-03-30T12:09:41+00:0030 March, 2020|Umumiy yangiliklar|

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi shunday mazmundagi murojaat bilan chiqdi. Elchixona axborotida qayd etilishicha:

“Ma’lumotlarga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda va Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolari orasida yaqin kunlarda O‘zbekistonga bo‘ladigan charter reyslari haqida yolg‘on xabarlar tarqalmoqda. Firibgarlar Vatanga qaytishni istagan fuqarolar haqida “ma’lumotlar yig‘ish” va yo‘lovchilar “ro‘yxati”ni tuzishni boshlab yuborgan.

Bu kabi yolg‘on xabar va mish-mishlarga ishonmasligingizni va ularni tarqatmasligingizni so‘rab qolamiz.

2020-yil 30 martdan 20 aprelga qadar O‘zbekiston Respublikasining barcha aeroportlari yopilib, aviaqatnov to‘xtatilmoqda. Elchixona Rossiyada qolishga imkoniyati mavjud fuqarolarga koronavirus infeksiyasini yuqtirmaslik va (yoki) uni tarqatmaslik uchun vaqtinchalik doimiy yashash joylarini tark etmasliklarini tavsiya qiladi.

Fuqarolarimizni Rossiyada qabul qilingan koronavirus bilan kurash talablariga qat’iy amal qilishni, odamlar to‘plangan joylar, ayniqsa, aeroportlarga bormaslikni, barcha safarlarni qoldirish, tashqi aloqalarni cheklash va gigiyena qoidalariga amal qilishni so‘rab qolamiz.

Vatanga qaytish istagida bo‘lgan fuqarolarimiz https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdZRBcqDzpl3Kt1PfGMz5jtfFnycFzWdpCvJ-V9he21MXqxYQ/viewform?usp=pp_url havolasi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

Charter reyslar haqidagi ma’lumotlar https://t.me/UzKoRus­Charts telegram kanaliga joylashtiriladi.

Rossiyadagi vatandoshlarimizni yana bir bor firibgarlar tarqatayotgan mish-mishlarga ishonmasliklarini, pul o‘tkazish orqali charter reyslarga aviachipta sotib olish haqidagi takliflarni inkor qilishlarini, xotirjamlikni saqlagan holda rasmiy manbalarni kuzatib borishlarini so‘rab qolamiz:

Veb-sayt: uzembassy.ru

Facebook: @UzEmbassy.ru

Instagram: @UzEmbassy-Russia”

O‘zA