Dolzarb savolga aniq javob: Karantin davrida shaxsiy yoki xizmat avtomashinasida yurish uchun kimlarga ruxsat beriladi?

2020-03-30T12:04:48+00:0030 March, 2020|Umumiy yangiliklar|

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shoxruh G‘iyosov:

– Fuqarolarga ko‘chaga chiqmaslik haqida juda ko‘p marotaba ogohlantirish berilishiga qaramasdan, ko‘pchilik bunga rioya qilmadi. Shuning uchun hukumat qat’iy cheklovlarni kiritishga majbur bo‘ldi.

Respublika maxsus komissiyasining talabiga ko‘ra, ko‘chada harakatlanishga imkon beruvchi stiker faqat quyidagilarga beriladi:

– Oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari, tibbiy buyumlar savdosi bilan shug‘ullanadigan tashkilotlar xizmat va ular xodimlarining shaxsiy transportlari.

– Sanitariya va gigiyena mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va chakana savdo, dorixona faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar transport vositalari.

– Toshkent viloyati va Toshkent shahrida barpo etilayotgan shifoxona va xiyobonlar qurilishiga jalb etilgan yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlarga tegishli transport vositalari.

Boshqa transport vositalariga stiker berilmaydi. Shu bois, Davlat xizmatlari markazlarida to‘planish ortiqcha vaqt sarflash va hayotingizni xavf ostiga qo‘yishdir.

O‘zA​