Koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning 7 nafari butunlay sog‘aydi

2020-03-29T17:00:41+00:0029 March, 2020|Umumiy yangiliklar|

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limining xabar berishicha shifokorlarimiz sa’y-harakati tufayli yurtimizda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning dastlabki 7 nafari butunlay sog‘aydi.

 Ular Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov va boshqa mas’ullar tomonidan Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya tibbiyot markaziga kuzatib qo‘yildi. Kasallikdan xalos bo‘lgan fuqarolarimiz ma’lum muddat shu yerda karantinda bo‘lishadi.

 O‘zA