Qutlov

2020-03-04T06:30:43+00:004 March, 2020|Qutlovlar|

Bugun, 4 mart kuni O‘zbekiston Jurnalistlari  ijodiy uyushmasi boshqaruvi  a’zosi, “Hurriyat” gazetasi  bosh muharriri  Abdurasul Jumaqulov  54 bahorni qarshiladi.

A.Jumaqulov  taniqli jurnalist va  mohir tashkilotchi sifatida milliy  mediamuhitda  o‘z o‘rnini topgan.

U 1966  yili  Surhondaryo  viloyatining Termiz tumanida  tug‘ilgan. 1990 yili, O‘zbekiston Milliy     universitetini, 2007 yil Termiz davlat universitetini tugatgan. Ma’lumoti  bo‘yicha ham jurnalist va iqtisodchi.

Mehnat faoliyatini  “Surxon tongi” gazetasida muxbirlikdan  boshlab, bo‘lim mudiri, mas’ul kotib  lavozimlarida ishlagan. So‘ngra “Tadbirkor”,  “Xalq yo‘li” gazetalarida bosh muharrir,  “O‘zbekiston ovozi” gazetasi bosh muharriri o‘rinbosari. “Fermer” jurnali bosh muharriri  lavozimida faoliyat yuritgan.

Hozirgi vaqtda “Hurriyat” gazetasi bosh muharriri.

Uning xizmatlari  davlatimiz tomonidan  munosib  taqdirlanib,  2003 yili  “Shuhrat” medali bilan  mukofotlangan.

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi nomidan Abdurasul Jumaqulovni tug‘ilgan kuni bilan  chin dildan tabriklaymiz va  unga uzoq umr, mustahkam salomatlik, oilaviy farovonlik va ulkan ijodiy yutuqlar  tilaymiz!