Samarqandlik jurnalistlar tajriba almashdi

2020-02-25T07:15:58+00:0025 February, 2020|Samarqand vil.|

Viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha takliflar to‘plash va elektron nashrlarda axborot tarqatish tajribalari” mavzusida o‘quv-seminar o‘tkazildi.                                                                                                                         Unda viloyatdagi tuman va shahar hokimliklari, tarmoq va xususiy gazetalar muharrirlari, mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar, adliya hamda soliq boshqarmalari mutaxassislari, tajribali jurnalistlar tomonidan  “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirish kiritish – davr talabi, “Viloyatdagi elektron nashrlar tahlili”, “Veb-saytlarga axborot joylashtirish: tajriba va amaliyot” kabi mavzularda ma’ruzalar qilindi.  Ishtirokchilar faoliyatlari davomida nimalarga e’tibor qaratish zarurligi xususida ma’lumotlar oldi, taklif va mulohazalar o‘rtaga tashlandi.