Korrupsiyani oldini olishda jurnalistlar o‘rni muhim

2019-11-29T12:52:23+00:0029 November, 2019|Surxondaryo vil.|

Termiz shahridagi “Meridian” mexmonxonasida O‘zbekiston Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi va O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Surxondaryo viloyat bo‘limi hamkorligida “O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish” mavzusida trening tashkil etildi.

Uni Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi trenerlari  Qobil Xidirov  va   Nozima Toshpo‘latova olib bordi.

Treningda O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan amaliy chora-tadbirlar,  ommaviy axborot vositalarida korrupsiya holatlari yoritilgan materiallar tahlili, yutuq va kamchiliklari, korrupsiyaga qarshi kurashishda jamoatchilik nazoratining ahamiyati, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida yangi media texnologiyalar xalqaro tajriba, korrupsiyaga qarshi kurashish jurnalist surishtiruvining ahamiyati, data-jurnalistika bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi. Shuningdek, xalqaro va mahalliy matbuotda, veb-saytlarda e’lon qilingan materiallar tahlil qilindi.

 

Mastura HAMROYeVA,

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy

uyushmasi viloyat bo‘limi mutaxassisi