Saylovoldi tashviqoti OAVda qanday yoritilishi kerak?

2019-11-26T12:43:24+00:0026 November, 2019|Xorazm vil.|

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Xorazm viloyat bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy  saylov komissiyasi xalqaro matbuot markazi viloyat bo‘limida “Saylovoldi tashviqoti davrida OAV xodimlarining vazifasi” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi Otagaldi Bobojonov,  Xorazm viloyat saylov komissiyasi raisi Raximboy Matrasulov saylovda ishtirok etadigan siyosiy partiyalar va deputatlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqotini ommaviy axborot vositalarida  yoritishda “Saylov kodeksi” talablariga qat’iy rioya etish, mamlakatimizdagi saylov qonunchiligi bo‘yicha tushuntirishlar berishdi.

Tadbirda jurnalistlar o‘zini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

 

Shuhrat QURYOZOV