Davlat xizmatlari tizimi: ovoragarchilikka yechim bo‘la olyaptimi?

2019-10-30T06:13:55+00:0030 October, 2019|Navoiy vil.|

Navoiy shahridagi “Coworking” markazida respublika hamda mahalliy OAV vakillari  uchun Davlat xizmatlari agentligi Navoiy viloyati boshqarmasining joriy yil 9 oylik faoliyati yakunlari bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazildi.

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Navoiy viloyati bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda yutuqlar bilan birga tizimdagi muammolar ham tilga olindi.

Darhaqiqat, mutaxassislarning ijtimoiy so‘rov natijalariga ko‘ra, xalqimizga turli davlat xizmatlarini ko‘rsatayotgan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari Agentligining faoliyatida e’tirofga loyiq ishlar amalga oshirilmoqda.

Navoiy viloyati Davlat xizmatlari markazlari orqali aholiga 103 turga yaqin davlat xizmatlarini ko‘rsatilmoqda. Bu xizmatlar turi tajriba tariqasida olingan Zarafshon shahrida 130 dan ortgan. Markazlar orqali 9 oy davomida shu kungacha aholidan 273 246 ta ariza tushgan bo‘lsa, bu o‘tgan yilning 9 oyida  102 933 tani tashkil etdi.  Tahlillarimiz shuni ko‘rsatmokdaki, viloyat bo‘yicha sohada o‘tgan yilga nisbatan fuqarolarga davlat xizmat ko‘rsatish ko‘rsatkichi 170 313 taga ortgan.

– Eng ko‘p murojaatlar tadbirkorlik sub’ektlari uchun xizmatlar, kadastr, suv, elektr energiyasi va gaz bilan ta’minlash, bolalarni MTMlarga joylashtirish masalalariga borib taqalmoqda. Aytish joizki, davlat xizmatlari markazlariga murojaatlar bo‘yicha tadbirkorlar faol, – deydi Davlat xizmatlari Agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i Bahodir Toshev.  – Tuman va shahar davlat xizmatlari markazlari tomonidan 9 oy davomida jami 9 660 ta tadbirkorlik sub’ektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Bu ko‘rsatkichni o‘tgan yilning shu davriga qiyoslaydigan bo‘lsak, tadbirkorlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazish 2002 nafarga ortgan.

Joriy yilning 1 noyabr kunidan e’tiboran qiyoslash davlat xizmati turi sifatida agentlik tomonidan ko‘rsatila boshlaydi.

Anjumanda mutasaddilar jurnalistlarning savollariga atroflicha javob qaytardi.

Sanjar QURBONOV,

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy

 uyushmasi Navoiy viloyati

bo‘limi mutaxassisi