Press-reliz

2019-09-12T06:17:17+00:0012 September, 2019|Press-relizlar|

“Xalq so‘zi” va «Narodnoye slova» gazetalari tahririyati majlislar zalida O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tomonidan “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari – taraqqiyotimizning ma’naviy asosi” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbir O‘zbektiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Sa’dulla Hakimov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari o‘rinbosari Muhammadjon Quronov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi qoshidagi ma’rifat targ‘ibotchilari jamiyati a’zosi Feruza Muhiddinova va boshqalar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 8 apreldagi “O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida milliy g‘oyani rivojlantirish konsepsiyasini  ishlab chiqishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  farmoyishi hamda davlatimiz rahbarining joriy yil 3 maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi.

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi mas’ul xodimlari, ma’naviy-ma’rifiy soha, markaziy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan tadbirda qayd etilganidek, globallashuv jarayonining shiddat bilan tus olishi oqibatida o‘sib kelayotgan yoshlar orasida turli yot g‘oyalar shakllanishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar mamlakatimizda ro‘y berayotgan yangilanish sur’atlaridan ortda qolmoqda, shuningdek, dunyoda yuz berayotgan murakkab mafkuraviy va geosiyosiy jarayonlarni anglash darajasining yetarlicha shakillanmagani odam savdosi, ekstremizm, «ommaviy madaniyat» va narkobiznes kabi tahdidlarga qarshi kurashishda milliy g‘oya omilidan foydalanish imkoniyatini bermayapti.

Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar milliy g‘oya xalqimizning kuch-qudratiga aylanishi uchun sharoit yaratdi. Endi gap milliy g‘oyani har bir o‘zbekistonlikning niyati va harakatiga aylantirishda. Yaxshi fikr yaxshilikka, yomon fikr yomonlikka yo‘l ochadi. Axborot maydonini nuqul negativ fikrlaydiganlar egallab olmasligi uchun pozitiv, nekbin mazmundagi mavzular bilan mutanosib to‘ldirishga alohida e’tibor qaratmog‘imiz zarur. Negaki, kattalar ham, bolalar ham yaxshi-yomon fikrlardan ta’sirlanadi. Odamlar bir-biri bilan ijtimoiy tarmoqda tortishadi, aytishadi, urishadi. Lekin hamma ham bu negativ fikrlardan boshlangan g‘oyalar kurashi ekanligini anglamaydi.

Davlatimiz rahbarining tegishli farmoyish va qarorlari ijrosi doirasida  milliy g‘oyani rivojlantirish borasida ilmiy izlanishlar olib borish va bu boradagi targ‘ibot-tashviqot ishlarining sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari belgilandi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, aholining intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirishga, mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga doir chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Dastur doirasida respublika bo‘ylab «Ma’naviyat festivali» va «Yilning eng faol ma’naviyat targ‘ibotchisi» tanlovi o‘tkazildi. «Bu yilda o‘qish zarur bo‘lgan 100 ta kitob» ro‘yxati tuzildi. «Ma’naviyat fidoyisi» ko‘krak nishoni ta’sis etildi. Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi hamda jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitning holatini aniqlash va manzilli sog‘lomlashtirish metodikasi ishlab chiqilmoqda.

Harakatlar strategiyasida belgilangan “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan ustuvor g‘oya asosida  “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Yoshlar – kelajagimiz”, “Besh ijobiy tashabbus” kabi dasturlarning hayotga tabdiq etilishi aholini yangicha fikrlash va ishlashga safarbar etishda muhim rol o‘ynayotgani alohida ta’kidlandi.

Davra suhbatida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldi.