Jurnalistlar tikuvchilar huzurida

2019-08-30T10:34:49+00:0030 August, 2019|Namangan vil.|

Mustaqilligimizning 28 yilligi taraddudi arafasida O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Namangan viloyat bo‘limi rahbari Mahmudjon Parpiyev boshchiligida bir necha jurnalistlar Uchqo‘rg‘on tumanidagi «Uzteks Uchqo‘rg‘on» va «Uchqo‘rg‘on tekstil» qo‘shma korxonasida bo‘lishdi. Jurnalistlar korxona faoliyati, ishchi-xodimlarning ish jarayonlari bilan tanishdilar.

Korxonada 3000 ziyod ishchilar mehnat qilishadi. 1 oyda 361 mingdan ortiq tikuv-trikotaj kiyimlari ishlab chiqarilishi korxonaning unumli mehnat sharoitlarini yarata olganlikda deb baholandi.

— Tikuv-trikotaj bo‘limimizning o‘zida 512 nafar ishchilarimiz bor. Aksari xotin-qizlardan iborat, sharoitlarimiz ko‘ngildagidek. Bepul tushlik, ishga kelib-ketishlari uchun alohida imtiyozlar berilgan – deydi sex boshlig‘i Muharramxon Mirzodjonova.

— Shunday katta qo‘shma korxonada ishlayotganimdan mamnunman. Germaniya, Shveysariya, Belgiya va Turkiya kabi davlatlardan keltirilgan zamonaviy texnologiyalardan foydalanamiz.  yaxshi dam, mehnatimiz evaziga olayotgan daromadimizdan ko‘nglimiz to‘lgani uchun ham o‘ar bir kunimiz zavqli. O‘zim Uchqo‘rg‘on pedagogika kollejini tamomlaganman. Juda ko‘p dugonalar birgalikda ishlaymiz va bining qo‘limiz bilan yaratilgan mahsulotlarimiz jahon bozorida sotilayotganidan faxr tuyamiz – deydi suhbatimizga qo‘shilgan Nasiba Mirzaliyeva.

Ip, kalava, sochiq va bir necha turdagi kiyim-kechaklarning 90 foizi xorijga eksport qilinadi. Qo‘shma korxona rahbariyati faoliyat turini yanada kengaytirish, ishchi kuchini ko‘paytirishdek ezgu amallarni  davom ettirish niyatida izlanmoqda.

O‘tkazilgan davra suhbati qiziqarli kechdi, fikr-mulohazalar bildirildi. Jurnalistlar korxona ishchi-xizmatchilarini bayram bilan tabriklab, yurt rivoji, ravnaqi yo‘lidagi sa’y-harakatlariga bardavomlik tiladilar.

Saida ISMOILOVA,

Uyushma Namangan viloyat bo‘limi mutaxassisi.