Uyushmaning Andijon viloyat bo‘limi raisi «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlandi

2019-08-30T05:11:18+00:0030 August, 2019|Umumiy yangiliklar|

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 avgustdagi O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi Farmoniga ko‘ra O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Andijon viloyati bo‘limi rahbari Saidov Nazirjon Shamsutdinovich «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi N.Saidovni ushbu yuksak mukofot bilan  chin yurakdan tabriklab, u kishiga sihat-salomatlik, milliy jurnalistikamiz rivoji yo‘lida qilayotgan ishlariga omad tilaydi.