Qalamkash qadamjosi

2019-08-28T11:25:35+00:0028 August, 2019|Umumiy yangiliklar|

Tuhfa

Prezident Shavkat Mirziyoyevning viloyatlarga tashrifi natijasida zamonaviy bunyodkorlik ishlariga keng yo‘l ochilayapti. Mamlakatimizning cheka hududlarida ham muhtasham inshootlar qad rostlayapti. Bunda aholining turmush farovonligini oshirish, hayotga munosabatini o‘zgartirish bosh maqsad qilib olingan.

Davlatimiz rahbari saylov oldi uchrashuvlarda xorazmlik qalamkashlar uchun yangi va zamonaviy ko‘rkam, ya’ni vilolyat teleradio bo‘limining muhtasham binosini barpo etish tashabbusini kun tartibiga qo‘ygan edilar. Prezidentimizning voha bo‘ylab keyingi safarida mazkur masalaga aniqlik kiritildi.

Natijada 1962 yilda barpo etilgan, haligacha ko‘rsatuvlarini omonatgina binoda efirga uzatayotgan Xorazm viloyati teleradio bo‘limi oradan 57 yil o‘tib yangi binoga hamda zamonaviy texnologiyalarga ega bo‘ldi. Hozirda Xorazm televideniyesi va radiosi ko‘rsatuv hamda eshittirishlarini yangi binoda texnik uzilishlarsiz vohaning uch millionli aholisiga uzatayapti.

Haqiqatan ham shu kungacha bitta studiya mavjud bo‘lib, u ham yaroqsiz ahvolda edi. Endilikda o‘z ko‘rsatuvlari hamda eshittirishlarini televizion texnologiyaning so‘nggi yutuqlari asosida, o‘ta  zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan to‘rtta studiyada aholiga yetkazayapti.

Endilikda ko‘rsatuvlar har kuni o‘rtacha 18 soat mobaynida namoyish etilayapti. Uning 5-6 soati bevosita mahalliy tele ijodkorlar tomonidan tayyorlanayotgan jonli ko‘rsatuvlar bo‘lsa, barvaqt, to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir yuzini  ko‘rayotganlarining soni oshib, hajmi kengayib borayapti.

Qalamkashlar qadamjosi O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining viloyat bo‘limi ham mazkur binoga joylashdi.

Ijod va elektron “oynai jahon” qasri davlatimizning qariyib 26 milliard so‘mlik mablag‘i evaziga barpo qilindi. O‘z faoliyatini yangi binoda boshlagan jamoa bosh pudratchi – “Xiva Pirnaxos qurilish” xususiy korxonasi bunyodkorlik ishlarini yuqori sifat me’yorlari asosida puxta va pishiq tarzda amlga oshirganligini aytishmoqda.

Abdulla SOBIROV.

Manba: «Hurriyat» gazetasi