Jizzaxda “Eng ulug‘, eng aziz” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

2019-08-19T05:26:59+00:0019 August, 2019|Jizzax vil.|

“Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan, 2017- 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturining ma’no- mazmuniga muvofiq erk, ozodlik uchun jon fido etgan yurtdoshlarimiz hamda zamonamiz qahramonlari haqida viloyatimiz ijodkorlari tomonidan bir talay asarlar yaratildi.

Ommaviy axborot vositalarida xalq bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, inson manfaatlarini ta’minlash, qonun ustuvorligiga erishish va sud-huquq tizimini islohqilish haqidagi turkum ko‘rsatuv va eshittirishlar tayyorlandi. Respublikamizdagi tinchlik- osoyishtalik, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik, mamlakatimiz erishayotgan yutuqlar dunyo hamjamiyati tomonidan keng e’tirof etilmoqda. Qo‘lga kiritilayotgan bunday yuksak natijalarning asosiy omili xalqimizning fidoqorona mehnati, odamlarimizning dunyoqarashi, siyosiy ongi, ijtimoiy faolligining ortganligidir.

O‘zbekiston Rspublikasi Mustaqilligining 28 yilligiga bag‘ishlangan “Eng ulug‘, eng aziz” an’anaviy ko‘rik-tanlovining maqsadi ham xalqimiz tarixi va bugungi kuni haqida yozilgan eng yetuk badiiy asarlar, publitsistik maqolalar, san’at asarlarini aniqlash, ularning mualliflarini rag‘batlantirishdir.

Jizzax shahridagi “Forum majmuasi”da viloyat hokimligi, viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi, respublika Yozuvchilar uyushmasining Jizzax viloyat bo‘limi va jurnalistlar ijodiy uyushmalari hamda “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi hamkorligida ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlov yozuvchi va shoirlarning badiiy asarlari, bosma ommaviy axborot vositalari xodimlarining maqolalari, televideniye va radio ijodkorlarining materiallari hamda tasviriy san’at asarlari, foto asarlari va dizayn ishlari, kino san’ati asarlari nominatsiyalari bo‘yicha o‘tkazildi.

Tadbirni viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Ulug‘bek Adilov kirish so‘zi bilan ochdi. Shundan so‘ng respublika Yozuvchilar uyushmasining viloyat bo‘limi rahbari Mehribon Abdurahmonova, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining raisi o‘rinbosari Xolmurod Salimovlar so‘zga chiqib, davlatimiz rahbarining ommaviy axborot vositalari xodimlari va ijod ahliga ko‘rsatayotgan g‘amxo‘rligi haqida gapirdilar. Bugungi ko‘rik-tanlov ham shu e’tiborning bir namunasi deyildi.

Shundan so‘ng “Eng ulug‘, eng aziz” ko‘rik-tanlovi viloyat bosqichining g‘oliblari e’lon qilindi.

Ko‘rik-tanlovda tashkil etilgan san’at asarlari va yangi badiiy kitoblar ko‘rgazmasi qatnashchilarga manzur bo‘ldi.