Olti oyda nechta yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi?

2019-08-12T11:47:57+00:007 August, 2019|Jizzax vil.|

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Jizzax viloyat bo‘limi hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bilan hamkorlikda matbuot anjumani tashkil etildi. Unda joriy yilning 6 oyi mobaynida viloyat hududida sodir etilgan yo‘l transport hodisalari va ularni oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar hususida ma’lumotlar berildi.

Qayd etilishicha, 2019 yilning 6 oyi davomida viloyat hududida jami 108 ming 365 ta qoidabuzarliklar aniqlangan bo‘lib, shundan 28 ming 278 tasini qo‘pol qoidabuzarliklar tashkil qiladi. Shuningdek, hisobot davrida 141 ta yo‘l transport hodisasi sodir etilgan. Oqibatda 33 nafar fuqarolar vafot etgan, 137 nafari turli tan jarohatini olgan.

Matbuot anjumanida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Dilshod JO‘RAYEV,

O‘zJIU Jizzax viloyat bo‘limi mutaxassisi.