Mavjuda Yo‘Ldosheva

2019-08-12T12:07:44+00:0014 December, 2018|Klub ishchi guruhi|

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi bosh mutaxassisi.

1955 yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat universiteti(hozirda O‘zbekiston Milliy universiteti) filologiya fakultetida tahsil olgan. Mutaxassisligi – radiojurnalist.

1976 – 2011 yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Chet mamlakatlarga eshittirishlar xalqaro radiokanali, “Yoshlar” teleradiokanalida faoliyat ko‘rsatgan. “Eng ulug‘, eng aziz” respublika tanlovi g‘olibi.

2012 yildan O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining jamoatchilik bilan aloqalari, ijodiy-tashkiliy yo‘nalishlarida ish olib boradi.