Jurnalistning eng yaqin hamrohi – qalam

2019-04-12T12:34:44+00:0012 April, 2019|Umumiy yangiliklar|

Jurnalistning kasbi – yozish. Ko‘rganini, ko‘nglidan kechirganini yozmasa, yuragi yozilmaydi. Eng yaqin hamrohi – qalam. Shu sabab qalamini qadrlaydi. Qadrdon do‘stidek ardoqlaydi. Qalamiga “oltin” maqomining berilishi uning uchun katta baxt. Men bugun ana shunday baxtiyor jurnalistlar safida ekanligimdan nihoyatda xursandman.

2013 yilda Jurnalistika sohasida “Oltin qalam” VIII Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovning matbuot yo‘nalishida mening ijodimga ham ijobiy baho berilgandi.

Ayni damda “Oltin qalam” bilan bog‘liq xotiralar uyg‘onar ekan, u mening hayotimda qanday ahamiyat kasb etdi, degan savol ham paydo bo‘laveradi. Men uni oqlayapmanmi? Bugun ham munosib bo‘lyapmanmi?

“Oltin qalam” men uchun har doim katta mas’uliyat ham yuklab kelgan. Bu so‘z aytmoq mas’uliyatidir. So‘z qudratli kuch. Uni ishlatmoq, ayniqsa, Vatan, xalq minbari bo‘lgan ommaviy axborot vositasida ishlatmoq, katta mas’uliyat va mahorat talab etadi.

Darvoqe, “Oltin qalam” va uning ijoddagi o‘rni haqida. Kamtargina ijodga nufuzli mukofot berilishi ijodkorning ishonchi, ilhomi yuz karra oshirishining o‘zim guvohi bo‘lganman.

Anvar QULMURODOV,

 “Oltin qalam”

VIII Milliy mukofoti

 uchun xalqaro tanlovi g‘olibi.

Leave A Comment