Jurnalistlar uchun seminar-trening

2019-08-12T12:03:09+00:0011 February, 2019|Andijon vil.|

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Andijon viloyat bo‘limi hamda Jurnalistlar qayta tayyorlash markazi hamkorligida “Korrupsiyaga qarshi kurashishda ommaviy axborot vositalarining roli” loyihasi doirasida seminar-trening tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi raisi N. Saidov, viloyat prokuraturasi katta prokurori Sh. Husanov va boshqalar mavzu yuzasidan so‘z yuritdi.
Tadbir doirasida “Korrupsiyaga qarshi kurashishda ommaviy axborot vositalarining roli” nomli qo‘llanma taqdimoti o‘tkazildi.

Guljahon JABBOROVA,
“Andijonnoma” gazetasi maxsus muxbiri.